Jahon

Vengriyada parlament saylovlari: Orban mag‘lubiyatini tan oldi

Bir paytlar Viktor Orbanga havas qilgan Peter Madyar uning o‘rnini egalladi.

Vengriyada parlament saylovlari: Orban mag‘lubiyatini tan oldi

Vengriya bosh vaziri Viktor Orban parlament saylovlarida hukmron “Fides” koalitsiyasi mag‘lubiyatga uchraganini tan oldi va muxolifatdagi “Tisa” partiyasini g‘alaba bilan tabrikladi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.

 

Milliy saylov byurosi (NVI) ma’lumotlariga ko‘ra, 12-aprel, yakshanba kechqurun holatiga ko‘ra, ovozlarning 81,49 foizi sanalgach, muxolifatchi Peter Madyar boshchiligidagi “Tisa” partiyasi Vengriya parlament saylovlarida yetakchilik qilmoqda. 

 

Qayd etilishicha, saylovda 5,8 milliondan ortiq fuqaro ishtirok etgan. Saylovchilar faolligi rekord darajada — 77,8 foizni tashkil etdi. Mamlakatning yangi bosh vaziri kim bo‘lishi 30 kun ichida ma’lum bo‘lishi kutilmoqda.

 

Hozirda Peter Madyar boshchiligidagi “Tisa” partiyasi parlamentdagi 199 o‘rindan 137 tasini qo‘lga kiritmoqda. Amaldagi bosh vazir Viktor Orban rahbarlik qilayotgan “Fides” partiyasi hamda uning ittifoqchisi Xristian-demokratik xalq partiyasi (KDNP) esa 55 o‘ringa ega bo‘lmoqda. Yana 7 o‘ringa o‘ta o‘ngchi “Bizning vatan” harakati da’vogarlik qilmoqda. Shu tariqa, “Tisa” parlamentda uchdan ikki qismdan ortiq o‘rinni egallab, konstitutsiyaviy ko‘pchilikni ta’minlamoqda.

 

Muxolifat yetakchisi Madyarning bildirishicha, Orban uni saylovdagi g‘alaba bilan allaqachon tabriklagan.

 

O‘z navbatida, Orban Budapesht shahrida tarafdorlari oldida so‘zga chiqib, dastlabki natijalarni “aniq” va “alamli” deb baholadi. 

 

“Men g‘olib bo‘lgan partiyani tabrikladim. Biz muxolifatda bo‘lsak-da, Vengriya xalqiga va vatanimizga xizmat qilishda davom etamiz”, — dedi u. 

 

Bu natija Orban uchun so‘nggi 16-yil ichidagi ilk mag‘lubiyat sifatida qayd etilmoqda.

 

62 yoshli Orban 2010-yildan buyon hokimiyat tepasida edi. Joriy saylovlarda esa 45 yoshli Peter Madyar ilk bor jiddiy raqobatchi sifatida maydonga chiqdi. U avval “Fides” partiyasining yoshlar qanotida faoliyat yuritgan, “Tisa” partiyasiga esa ikki yil avval rahbarlikni qo‘lga olgan.

 

Saylovchilar orasida Orban hukumatidan norozilik sabablari sifatida jamoat infratuzilmasi, sog‘liqni saqlash va ta’lim tizimlaridagi muammolar, shuningdek korrupsiya holatlari ko‘rsatilmoqda. Madyar esa korrupsiyaga qarshi keskin kurashish, tizimli islohotlar o‘tkazish va yangi konstitutsiya qabul qilish niyatini bildirgan.

 

Shuningdek, u Vengriyaning Rossiyadan masofa saqlashi, hamda Yevropa Ittifoqi a’zosi sifatida NATO doirasida ishonchli ittifoqchi maqomini tiklash tarafdori ekanini ta’kidlagan.

 

Reuters g‘olib partiya yetakchisi Peter Madyar bolaligida, 1990-yilda Vengriyaning birinchi demokratik saylovlaridan hayajonlanib, o‘sha paytda kommunizmga qarshi kurashuvchi Viktor Orbanning suratini yotoqxona devoriga yopishtirib qo‘yganini yozmoqda.

custom img

Sadir Japarov aholi punktlariga shaxslar nomini berishni taqiqladi

Qirgʻiziston prezidentining ta’kidlashicha, bunday masalalar jamiyatda bo‘linish va bahslarga sabab bo‘lmoqda.

custom img

Hormuz bo‘g‘ozidagi tanglik global oziq-ovqat inqiroziga olib kelishi mumkin — BMT

Bo‘g‘oz orqali yuk tashish tiklanmasa, yaqin oylar ichida oziq-ovqat narxlari keskin ko‘tarilishi mumkin.

custom img

O‘zbekiston fuqarolariag Germaniyadagi harbiy muzeyga kirish ta'qiqlandi

Shuningdek, Rossiya, Ukraina, Qozogʻiston, Ozarbayjon, Xitoy, Shimoliy Koreya va boshqa bir qator davlatlarga ham cheklov joriy etilgan.

custom img

Makron AQSh va Eronni Hormuz bo‘g‘ozini ochishga chaqirdi

Fransiya prezidenti shuningdek, Donald Tramp va Mas'ud Pezeshkianni Islomobodda to'xtatilgan muzokaralarni qayta boshlashga undadi.

custom img

AQSh va Eron yaqin kunlarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralarni tiklashi mumkin — Reuters

Manbalarga ko‘ra, Tehron muzokaralarning yangi bosqichiga tayyor, AQSh pozitsiyasi esa hali noma’lum.

custom img

Saudiya Arabistoni AQShdan Hormuz blokadasini bekor qilishni talab qildi

Saudiya rasmiylari vaziyat keskinlashganida Bab al-Mandeb bo‘g‘ozi ham xavf ostida qolishi mumkinligini bildirdi.

custom img

Xitoy tankeri AQSh blokadasiga qaramay Hormuz bo‘g‘ozidan o‘tdi

Xitoy AQSHni Eron neftini olish uchun Hormuz bo‘g‘oziga o‘z tankerlarini yuborishda davom etishi haqida ogohlantirgan edi.

custom img

Eron arab davlatlaridan tovon puli talab qildi

Yaqin Sharq mamlakatlari AQSH va Isroilning Eronga qarshi urushida ishtirok etib, xalqaro huquqni buzganlikda ayblanmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"