Jahon

Makron AQSh va Eronni Hormuz bo‘g‘ozini ochishga chaqirdi

Fransiya prezidenti shuningdek, Donald Tramp va Mas'ud Pezeshkianni Islomobodda to'xtatilgan muzokaralarni qayta boshlashga undadi.

Makron AQSh va Eronni Hormuz bo‘g‘ozini ochishga chaqirdi

 

Emmanuel Makron AQSh va Eron rahbarlarini Hormuz bo‘g‘ozi orqali yuk tashish harakatini tez fursatda tiklashga chaqirdi deb xabar beradi TASS.

 

Fransiya prezidenti X (sobiq Twitter) dagi bayonotida bo‘g‘ozning “hech qanday shartlarsiz, nazorat va majburiyatlarsiz” qayta ochilishi global barqarorlik uchun muhim ekanini ta’kidlagan. Unga ko‘ra, ushbu strategik yo‘lakning yopilishi xalqaro savdo va energetika xavfsizligiga jiddiy tahdid solmoqda.

 

Shuningdek, Makron Donald Tramp va Mas'ud Pezeshkianni Islomobod shahrida to‘xtab qolgan muzokaralarni qayta tiklashga chaqirgan. U tomonlarni “tushunmovchiliklarni bartaraf etish va keskinlashuvning yangi bosqichlariga yo‘l qo‘ymaslik” uchun muloqotni davom ettirishga undagan.

 

Ma’lum qilinishicha, 17-aprel kuni Fransiya va Buyuk Britaniya boshqa hamkor davlatlar bilan birgalikda Hormuz bo‘g‘ozi orqali harakatlanayotgan kemalarni kuzatib borish bo‘yicha ehtimoliy “sof mudofaa missiyasi”ni muhokama qilish uchun videokonferensiya o‘tkazadi. Biroq bunday tashabbus faqat hududdagi xavfsizlik vaziyati imkon bergan taqdirda amalga oshirilishi mumkin.

 

Bundan tashqari, Makron AQSh va Eron o‘rtasida erishilgan kelishuvlarga qat’iy rioya etish zarurligini ta’kidladi hamda mintaqadagi keskinlikni kamaytirish maqsadida ushbu sulhni Livandagi vaziyatga ham tatbiq etish muhimligini qayd etdi.

custom img

Sadir Japarov aholi punktlariga shaxslar nomini berishni taqiqladi

Qirgʻiziston prezidentining ta’kidlashicha, bunday masalalar jamiyatda bo‘linish va bahslarga sabab bo‘lmoqda.

custom img

Hormuz bo‘g‘ozidagi tanglik global oziq-ovqat inqiroziga olib kelishi mumkin — BMT

Bo‘g‘oz orqali yuk tashish tiklanmasa, yaqin oylar ichida oziq-ovqat narxlari keskin ko‘tarilishi mumkin.

custom img

O‘zbekiston fuqarolariag Germaniyadagi harbiy muzeyga kirish ta'qiqlandi

Shuningdek, Rossiya, Ukraina, Qozogʻiston, Ozarbayjon, Xitoy, Shimoliy Koreya va boshqa bir qator davlatlarga ham cheklov joriy etilgan.

custom img

AQSh va Eron yaqin kunlarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralarni tiklashi mumkin — Reuters

Manbalarga ko‘ra, Tehron muzokaralarning yangi bosqichiga tayyor, AQSh pozitsiyasi esa hali noma’lum.

custom img

Saudiya Arabistoni AQShdan Hormuz blokadasini bekor qilishni talab qildi

Saudiya rasmiylari vaziyat keskinlashganida Bab al-Mandeb bo‘g‘ozi ham xavf ostida qolishi mumkinligini bildirdi.

custom img

Xitoy tankeri AQSh blokadasiga qaramay Hormuz bo‘g‘ozidan o‘tdi

Xitoy AQSHni Eron neftini olish uchun Hormuz bo‘g‘oziga o‘z tankerlarini yuborishda davom etishi haqida ogohlantirgan edi.

custom img

Eron arab davlatlaridan tovon puli talab qildi

Yaqin Sharq mamlakatlari AQSH va Isroilning Eronga qarshi urushida ishtirok etib, xalqaro huquqni buzganlikda ayblanmoqda.

custom img

Kreml Peter Madyarni g‘alaba bilan tabriklashdan bosh tortdi

Rossiya Prezidenti matbuot kotibi “do‘st bo‘lmagan” davlatlarga tabrik yo‘llanmasligini bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"