Jahon

O‘zbekiston fuqarolariag Germaniyadagi harbiy muzeyga kirish ta'qiqlandi

Shuningdek, Rossiya, Ukraina, Qozogʻiston, Ozarbayjon, Xitoy, Shimoliy Koreya va boshqa bir qator davlatlarga ham cheklov joriy etilgan.

O‘zbekiston fuqarolariag Germaniyadagi harbiy muzeyga kirish ta'qiqlandi

 

Germaniyaning Koblenz shahrida joylashgan Yevropaning eng yirik harbiy-texnik muzeylaridan biri bir qator davlatlar fuqarolari uchun tashrif buyurish tartibiga cheklovlar joriy etdi. Mazkur ro‘yxatga Oʻzbekiston ham kiritilgan.

 

Qayd etilishicha, qaror milliy xavfsizlik talablari hamda SÜG — ya’ni Germaniyaning xavfsizlikni tekshirish to‘g‘risidagi qonuni asosida qabul qilingan.

 

Yangi tartibga ko‘ra, xavfsizlik nuqtayi nazaridan “maxsus xavf guruhi”ga kiritilgan mamlakatlar fuqarolarining muzey hududiga kirishi vaqtincha cheklangan. Ushbu ro‘yxatdan Rossiya, Ukraina, Qozogʻiston, Armaniston, Ozarbayjon, Gruziya, Moldova, Xitoy, Shimoliy Koreya va boshqa bir qator davlatlar ham o‘rin olgan.

 

Mazkur muzey o‘zining noyob harbiy texnika va qurol-aslaha kolleksiyasi bilan mashhur bo‘lib, unda Birinchi jahon urushi davriga oid tanklar, zamonaviy Leopard 1 modellari hamda NATOga tegishli transport vositalarining noyob prototiplari namoyish etiladi. Muzey 1982-yildan buyon tashrif buyuruvchilar uchun ochiq bo‘lib kelmoqda.

 

Rasmiylarga ko‘ra, mazkur cheklovlar xavfsizlik choralarini kuchaytirish maqsadida joriy etilgan bo‘lib, ularning amal qilish muddati va tartibi vaziyatga qarab qayta ko‘rib chiqilishi mumkin.

custom img

Sadir Japarov aholi punktlariga shaxslar nomini berishni taqiqladi

Qirgʻiziston prezidentining ta’kidlashicha, bunday masalalar jamiyatda bo‘linish va bahslarga sabab bo‘lmoqda.

custom img

Hormuz bo‘g‘ozidagi tanglik global oziq-ovqat inqiroziga olib kelishi mumkin — BMT

Bo‘g‘oz orqali yuk tashish tiklanmasa, yaqin oylar ichida oziq-ovqat narxlari keskin ko‘tarilishi mumkin.

custom img

Makron AQSh va Eronni Hormuz bo‘g‘ozini ochishga chaqirdi

Fransiya prezidenti shuningdek, Donald Tramp va Mas'ud Pezeshkianni Islomobodda to'xtatilgan muzokaralarni qayta boshlashga undadi.

custom img

AQSh va Eron yaqin kunlarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralarni tiklashi mumkin — Reuters

Manbalarga ko‘ra, Tehron muzokaralarning yangi bosqichiga tayyor, AQSh pozitsiyasi esa hali noma’lum.

custom img

Saudiya Arabistoni AQShdan Hormuz blokadasini bekor qilishni talab qildi

Saudiya rasmiylari vaziyat keskinlashganida Bab al-Mandeb bo‘g‘ozi ham xavf ostida qolishi mumkinligini bildirdi.

custom img

Xitoy tankeri AQSh blokadasiga qaramay Hormuz bo‘g‘ozidan o‘tdi

Xitoy AQSHni Eron neftini olish uchun Hormuz bo‘g‘oziga o‘z tankerlarini yuborishda davom etishi haqida ogohlantirgan edi.

custom img

Eron arab davlatlaridan tovon puli talab qildi

Yaqin Sharq mamlakatlari AQSH va Isroilning Eronga qarshi urushida ishtirok etib, xalqaro huquqni buzganlikda ayblanmoqda.

custom img

Kreml Peter Madyarni g‘alaba bilan tabriklashdan bosh tortdi

Rossiya Prezidenti matbuot kotibi “do‘st bo‘lmagan” davlatlarga tabrik yo‘llanmasligini bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"