Sport

Tarixiy g’alaba: Javohir Sindarov muddatidan avval g‘alaba qozondi

20 yoshli Sindarov jahon chempioni unvoni uchun kechadigan bahsda Dommaraju Gukeshga qarshi o‘ynaydi.

Tarixiy g’alaba: Javohir Sindarov muddatidan avval g‘alaba qozondi

 

Javohir Sindarov Nomzodlar turnirida muddatidan oldin g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

 

So‘nggi — 13-turda o‘zbekistonlik grossmeyster niderlandiyalik shaxmatchi Anish Giri bilan durang o‘ynadi va musobaqa yakuniga yetmasdan turib umumiy hisobda yetakchilikni mustahkamladi.

 

Natijaga ko‘ra, 20 yoshli Sindarov shaxmat tojiga rasmiy da’vogarga aylandi va endi jahon chempionligi uchun kechadigan hal qiluvchi uchrashuvda hindistonlik grossmeyster Dommaraju Gukeshga qarshi bahs olib boradi.

 

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili Javohir Sindarov Shaxmat bo‘yicha Jahon kubogi g‘olibiga aylangan va shu orqali Nomzodlar turnirida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritgan edi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"