Futbolchi Xushnudbek Avilov 27 yoshida vafot etdi
Avilov faoliyati davomida mamlakatning bir qator yetakchi klublarida to‘p surgan. Uning o‘lim sababi hozircha ochiqlanmagan.

O‘zbekistonning bir qator jamoalarida to‘p surgan futbolchi Xushnudbek Avilov vafot etdi. Bu haqda Hannews.kz nashri xabar bermoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchi so‘nggi yillarda “Do‘stlik Toshkent” jamoasi safida to‘p surgan. Faoliyati davomida u, shuningdek, “Turon”, “Navbahor”, “Andijon”, “Qo‘qon-1912” va “Paxtakor” klublarida ham o‘ynagan.
Qayd etilishicha, Avilov yoshligidan futbol bilan shug‘ullanib, iqtidorli o‘yinchi sifatida tanilgan va muxlislar hamda mutaxassislar e’tirofiga sazovor bo‘lgan.
Hozircha futbolchining o‘limi sabablari ochiqlanmagan.







