Jahon

Hormuz bo‘g‘ozidagi tanglik global oziq-ovqat inqiroziga olib kelishi mumkin — BMT

Bo‘g‘oz orqali yuk tashish tiklanmasa, yaqin oylar ichida oziq-ovqat narxlari keskin ko‘tarilishi mumkin.

Hormuz bo‘g‘ozidagi tanglik global oziq-ovqat inqiroziga olib kelishi mumkin — BMT

 

BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) Hormuz bo‘g‘ozidagi vaziyat keskinlashuvi fonida global oziq-ovqat xavfsizligiga tahdid kuchayayotgani haqida ogohlantirdi.

 

Mutaxassislar ta’kidlashicha, qishloq xo‘jaligi uchun muhim resurslar — ayniqsa o‘g‘it va energiya tashuvchi kemalar — ushbu strategik yo‘lak orqali uzluksiz harakatlanishi zarur. Aks holda, yaqin oylar ichida oziq-ovqat narxlarining keskin oshishi va global iqtisodiy beqarorlik yuzaga kelishi mumkin.

 

FAO bosh iqtisodchisi Maksimo Toreroning qayd etishicha, vaqt omili hal qiluvchi ahamiyat kasb etmoqda. Agar fermerlar o‘g‘it va energiya resurslaridan mahrum bo‘lsa, hosildorlik pasayadi va bu o‘z navbatida narxlarning oshishiga olib keladi. Natijada davlatlar ichki bozorlarda narxlarni nazorat qilish choralarini kuchaytirishga majbur bo‘ladi, bu esa foiz stavkalari oshishi va global iqtisodiy o‘sishning sekinlashishiga sabab bo‘lishi mumkin.

 

FAO ma’lumotlariga ko‘ra, mart oyida oziq-ovqat narxlari nisbatan barqaror bo‘lib qolgan. Biroq aprel–may oylarida bosim kuchayishi kutilmoqda. Bunga o‘g‘it taqchilligi, energiya narxlarining yuqoriligi hamda bioyoqilg‘iga o‘tish ehtimoli sabab bo‘lmoqda.

 

Tashkilot mutaxassislari mamlakatlarni bioyoqilg‘i siyosatini qayta ko‘rib chiqishga, shuningdek energiya va o‘g‘it eksportiga qo‘yilgan cheklovlarni yumshatishga chaqirmoqda. Shu bilan birga, o‘g‘it ta’minoti xavf ostida bo‘lgan davlatlarni qo‘llab-quvvatlash uchun xalqaro moliyaviy mexanizmlardan foydalanish taklif etilmoqda.

 

Qayd etilishicha, global qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat resurslarining 20–45 foizi aynan Hormuz bo‘g‘ozi orqali tashiladi. Ta’minotdagi uzilishlar 2026–2027 yillarda hosildorlikning pasayishiga va narxlarning yanada oshishiga olib kelishi mumkin.

 

Mutaxassislar, shuningdek, fermerlarning moliyaviy barqarorligi zaif ekanini, ularning ommaviy bankrotligi esa inqirozni yanada chuqurlashtirishini ta’kidlamoqda. Tarixiy tajriba eksport cheklovlari aksincha narxlar oshishini tezlashtirishini ko‘rsatgan.

 

Bundan tashqari, agar mazkur inqiroz kuchli El-Ninyo hodisasi bilan bir vaqtga to‘g‘ri kelsa, dunyo pandemiyaga o‘xshash yoki undan ham og‘irroq global inqirozga duch kelishi mumkin.

 

FAO ta’kidlashicha, ushbu vaziyat tabiiy ofatlardan farqli ravishda boshqariladigan jarayon bo‘lib, uning yechimi bevosita davlatlarning siyosiy qarorlariga bog‘liq.

custom img

Sadir Japarov aholi punktlariga shaxslar nomini berishni taqiqladi

Qirgʻiziston prezidentining ta’kidlashicha, bunday masalalar jamiyatda bo‘linish va bahslarga sabab bo‘lmoqda.

custom img

O‘zbekiston fuqarolariag Germaniyadagi harbiy muzeyga kirish ta'qiqlandi

Shuningdek, Rossiya, Ukraina, Qozogʻiston, Ozarbayjon, Xitoy, Shimoliy Koreya va boshqa bir qator davlatlarga ham cheklov joriy etilgan.

custom img

Makron AQSh va Eronni Hormuz bo‘g‘ozini ochishga chaqirdi

Fransiya prezidenti shuningdek, Donald Tramp va Mas'ud Pezeshkianni Islomobodda to'xtatilgan muzokaralarni qayta boshlashga undadi.

custom img

AQSh va Eron yaqin kunlarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralarni tiklashi mumkin — Reuters

Manbalarga ko‘ra, Tehron muzokaralarning yangi bosqichiga tayyor, AQSh pozitsiyasi esa hali noma’lum.

custom img

Saudiya Arabistoni AQShdan Hormuz blokadasini bekor qilishni talab qildi

Saudiya rasmiylari vaziyat keskinlashganida Bab al-Mandeb bo‘g‘ozi ham xavf ostida qolishi mumkinligini bildirdi.

custom img

Xitoy tankeri AQSh blokadasiga qaramay Hormuz bo‘g‘ozidan o‘tdi

Xitoy AQSHni Eron neftini olish uchun Hormuz bo‘g‘oziga o‘z tankerlarini yuborishda davom etishi haqida ogohlantirgan edi.

custom img

Eron arab davlatlaridan tovon puli talab qildi

Yaqin Sharq mamlakatlari AQSH va Isroilning Eronga qarshi urushida ishtirok etib, xalqaro huquqni buzganlikda ayblanmoqda.

custom img

Kreml Peter Madyarni g‘alaba bilan tabriklashdan bosh tortdi

Rossiya Prezidenti matbuot kotibi “do‘st bo‘lmagan” davlatlarga tabrik yo‘llanmasligini bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"