Jahon

Tramp o‘zini “shifo beruvchi avliyo” qiyofasida tasvirlangan suratini e’lon qildi

Sun’iy intellekt yordamida yaratilgan ushbu surat Tramp Rim Papasining tinchlik haqidagi bayonotlarini tanqid qilganidan so‘ng joylandi.

Tramp o‘zini “shifo beruvchi avliyo” qiyofasida tasvirlangan suratini e’lon qildi

AQSh prezidenti Donald Tramp ijtimoiy tarmoqda  o‘zini “shifo beruvchi avliyo” qiyofasida tasvirlangan suratini e’lon qildi. Tramp ushbu tasvirga hech qanday izoh yoki sarlavha qo‘shmagan.

 

DW xabariga ko'ra, rasmni joylashdan avval, Tramp o‘zining Truth Social platformasida Papa Leo XIV ni keskin tanqid qilgan. Papa diniy marosim chog‘ida “muzokara stoliga o‘tirish kerak, o‘limga olib keluvchi qarorlar qabul qilinadigan stolga emas” degan mazmundagi chaqiriq bilan chiqish qilgan edi. Bunga javoban Tramp papa siyosiy masalalarda “yomon” ekanini aytgan.

 

“Men Eronning yadroviy qurolga ega bo‘lishi normal holat deb hisoblaydigan papaga muhtoj emasman. Men Venesuelaga qarshi AQSh hujumini qoralaydigan papaga muhtoj emasman, ayni paytda bu mamlakat AQShga katta miqdorda giyohvand moddalar yuboradi va bundan ham yomoni, o‘z qamoqxonalaridagi mahbuslarni — jumladan qotillar, narkotik savdogarlari va jinoyatchilarni — bizning mamlakatimizga chiqarib yuboradi. Men esa meni saylangan vazifamni bajarayotganim uchun tanqid qiladigan papaga ham muhtoj emasman”, — deb yozdi Donald Tramp.

 

Prezidentning fikricha, Papa Leo XIV undan minnatdor bo‘lishi kerak, chunki u faqat amerikalik bo‘lgani uchun papa etib saylangan. 

 

“Agar men Oq uyda bo‘lmaganimda, Leo Vatikanda bo‘lmas edi”, — deya qo‘shimcha qildi u.

 

Shuningdek, Donald Trump Rim papasini sog‘lom fikr yuritishga va siyosatchi emas, Papa bo‘lishga chaqirdi.

 

11-aprel kuni butun dunyo tinchligi uchun o‘tkazilgan ibodat marosimida,  ilk marta AQShdan saylangan Papa Leo XIV cherkov har doim tinchlikka chaqirishini ta’kidlagan edi.

custom img

Sadir Japarov aholi punktlariga shaxslar nomini berishni taqiqladi

Qirgʻiziston prezidentining ta’kidlashicha, bunday masalalar jamiyatda bo‘linish va bahslarga sabab bo‘lmoqda.

custom img

Hormuz bo‘g‘ozidagi tanglik global oziq-ovqat inqiroziga olib kelishi mumkin — BMT

Bo‘g‘oz orqali yuk tashish tiklanmasa, yaqin oylar ichida oziq-ovqat narxlari keskin ko‘tarilishi mumkin.

custom img

O‘zbekiston fuqarolariag Germaniyadagi harbiy muzeyga kirish ta'qiqlandi

Shuningdek, Rossiya, Ukraina, Qozogʻiston, Ozarbayjon, Xitoy, Shimoliy Koreya va boshqa bir qator davlatlarga ham cheklov joriy etilgan.

custom img

Makron AQSh va Eronni Hormuz bo‘g‘ozini ochishga chaqirdi

Fransiya prezidenti shuningdek, Donald Tramp va Mas'ud Pezeshkianni Islomobodda to'xtatilgan muzokaralarni qayta boshlashga undadi.

custom img

AQSh va Eron yaqin kunlarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralarni tiklashi mumkin — Reuters

Manbalarga ko‘ra, Tehron muzokaralarning yangi bosqichiga tayyor, AQSh pozitsiyasi esa hali noma’lum.

custom img

Saudiya Arabistoni AQShdan Hormuz blokadasini bekor qilishni talab qildi

Saudiya rasmiylari vaziyat keskinlashganida Bab al-Mandeb bo‘g‘ozi ham xavf ostida qolishi mumkinligini bildirdi.

custom img

Xitoy tankeri AQSh blokadasiga qaramay Hormuz bo‘g‘ozidan o‘tdi

Xitoy AQSHni Eron neftini olish uchun Hormuz bo‘g‘oziga o‘z tankerlarini yuborishda davom etishi haqida ogohlantirgan edi.

custom img

Eron arab davlatlaridan tovon puli talab qildi

Yaqin Sharq mamlakatlari AQSH va Isroilning Eronga qarshi urushida ishtirok etib, xalqaro huquqni buzganlikda ayblanmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"