Jahon

Pasxa sulhi yakunlandi: Rossiya va Ukraina o‘rtasida dronlar hujumi boshlandi

Ukraina mamlakatga uchirilgan 98 ta drondan 87 tasini yo‘q qilgan. Rossiya 33 ta dronni tutib qolgan.

Pasxa sulhi yakunlandi: Rossiya va Ukraina o‘rtasida dronlar hujumi boshlandi

Pasxa munosabati bilan e’lon qilingan sulh yakunlanganidan so‘ng Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi harbiy harakatlar yana kuchaydi. Bu haqda Deutsche Welle xabar berdi.

 

Ukraina Qurolli Kuchlari xabar berishicha, 13-aprel kuni mahalliy vaqt bilan soat 00:10 dan boshlab Rossiya qo‘shinlari mamlakatning shimoliy va sharqiy hududlariga 98 ta zarbdor dron, asosan Shahed dronlari bilan hujum uyushtirgan. Soat 08:00 ga qadar havo hujumidan mudofaa tizimlari 87 ta dronni yo‘q qilgan, biroq 10 ta hududda dron zarbalari yoki ularning parchalari tushgani qayd etilgan.

 

Chernigovoblenergo ma’lumotiga ko‘ra, Chernigov viloyatidagi energetika obyektiga qilingan hujum oqibatida 12 mingdan ortiq iste’molchi elektr ta’minotisiz qolgan. Xerson viloyatida esa portlashlar natijasida ikki nafar fuqaro turli darajada jarohat olgan.

 

Rossiya tomoni ham dron hujumlari qayd etilganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi hisobotiga ko‘ra, havo hujumidan mudofaa tizimlari Belgorod, Kursk, Rostov, Bryansk, Smolensk viloyatlari hamda anneksiya qilingan Qrim hududi ustida Ukrainaga tegishli 33 ta dronni tutib olgan va yo‘q qilgan.

 

Belgorod viloyati gubernatori Vyacheslav Gladkov Grayvoron shahridagi dron hujumi oqibatida bir mahalliy ayol va “Orlan” bo‘linmasining bir harbiy xizmatchisi jarohat olganini bildirdi. U jabrlanganlar bir dron yoki bir nechta alohida hujumlar natijasida yaralanganiga aniqlik kiritmagan.

 

Avvalroq Rossiya va Ukraina yetakchilari Pasxa munosabati bilan bir yarim kunlik sulhga kelishgani haqida xabar berilgandi.

custom img

Sadir Japarov aholi punktlariga shaxslar nomini berishni taqiqladi

Qirgʻiziston prezidentining ta’kidlashicha, bunday masalalar jamiyatda bo‘linish va bahslarga sabab bo‘lmoqda.

custom img

Hormuz bo‘g‘ozidagi tanglik global oziq-ovqat inqiroziga olib kelishi mumkin — BMT

Bo‘g‘oz orqali yuk tashish tiklanmasa, yaqin oylar ichida oziq-ovqat narxlari keskin ko‘tarilishi mumkin.

custom img

O‘zbekiston fuqarolariag Germaniyadagi harbiy muzeyga kirish ta'qiqlandi

Shuningdek, Rossiya, Ukraina, Qozogʻiston, Ozarbayjon, Xitoy, Shimoliy Koreya va boshqa bir qator davlatlarga ham cheklov joriy etilgan.

custom img

Makron AQSh va Eronni Hormuz bo‘g‘ozini ochishga chaqirdi

Fransiya prezidenti shuningdek, Donald Tramp va Mas'ud Pezeshkianni Islomobodda to'xtatilgan muzokaralarni qayta boshlashga undadi.

custom img

AQSh va Eron yaqin kunlarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralarni tiklashi mumkin — Reuters

Manbalarga ko‘ra, Tehron muzokaralarning yangi bosqichiga tayyor, AQSh pozitsiyasi esa hali noma’lum.

custom img

Saudiya Arabistoni AQShdan Hormuz blokadasini bekor qilishni talab qildi

Saudiya rasmiylari vaziyat keskinlashganida Bab al-Mandeb bo‘g‘ozi ham xavf ostida qolishi mumkinligini bildirdi.

custom img

Xitoy tankeri AQSh blokadasiga qaramay Hormuz bo‘g‘ozidan o‘tdi

Xitoy AQSHni Eron neftini olish uchun Hormuz bo‘g‘oziga o‘z tankerlarini yuborishda davom etishi haqida ogohlantirgan edi.

custom img

Eron arab davlatlaridan tovon puli talab qildi

Yaqin Sharq mamlakatlari AQSH va Isroilning Eronga qarshi urushida ishtirok etib, xalqaro huquqni buzganlikda ayblanmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"