Jahon

Isroil vaziri Al-Aqso masjidi hududida ibodat qildi

Itamar Ben-Gvir tashrif chog‘ida o'zini bu yerning egasidek his qilayotganini aytgan.

Isroil vaziri Al-Aqso masjidi hududida ibodat qildi

Isroilning milliy xavfsizlik vaziri Itamar Ben-Gvir Quddusdagi Al-Aqso masjidi majmuasiga tashrif buyurdi. Mazkur tashrifni Iordaniya va Falastin keskin tanqid qildi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.

 

Ma’lumki, Quddusning Eski shahrida joylashgan mazkur hudud Yaqin Sharqdagi eng nozik nuqtalardan biri hisoblanadi. Yahudiylar uchun Ma’bad tog‘i sifatida muqaddas bo‘lgan ushbu maskan, musulmonlar uchun ham islomdagi uchinchi muqaddas qadamjo sanaladi.

 

Amaldagi tartibga ko‘ra, majmua Iordaniyaga qarashli vaqf tomonidan boshqariladi. Yahudiylarga tashrif buyurishga ruxsat berilgan bo‘lsa-da, u yerda ibodat qilish taqiqlangan. Mutaxassislar qayd etishicha, ushbu tartibni o‘zgartirishga urinishlar avval ham keskin norozilik va zo‘ravonliklarga olib kelgan.

 

Qayd etilishicha, tashrif chog‘ida Itamar Ben-Gvir o‘zini “bu yerning egasidek his qilayotganini” aytib, yahudiylarning ibodati uchun kengroq imkoniyatlar yaratish tarafdori ekanini bildirdi. U, shuningdek, bosh vazir Benjamin Netanyahuni bu borada yanada qat’iy choralar ko‘rishga chaqirdi.

 

Iordaniya tashqi ishlar vazirligi ushbu tashrifni status-kvo kelishuvining buzilishi va muqaddas joyga nisbatan hurmatsizlik sifatida baholadi. Falastin prezidenti Mahmud Abbos ma’muriyati esa bu kabi harakatlar mintaqadagi vaziyatni yanada beqarorlashtirishi mumkinligini ta’kidladi.

 

Ben-Gvirning matbuot kotibi vazir yahudiylar uchun kirish va ibodat qilish imkoniyatlarini kengaytirishga intilayotganini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, vazir tashrif davomida ibodat ham qilgan.

 

Reuters ayni paytda Benjamin Netanyahu devonidan ushbu tashrif yuzasidan rasmiy izoh berilmaganini yozmoqda. Avvalgi shunga o‘xshash holatlarda esa Isroil hukumati status-kvo saqlanishini ta’kidlab kelgan.

 

Avvalroq Eron bilan urush davrida Al-Aqso masjidi majmuasi jamoatchilik uchun vaqtincha yopilgani haqida xabar berilgandi. Yaqinda masjid hududi ochilib, majmuada 3000 dan ortiq falastinlik namoz o‘qigan edi.

custom img

Sadir Japarov aholi punktlariga shaxslar nomini berishni taqiqladi

Qirgʻiziston prezidentining ta’kidlashicha, bunday masalalar jamiyatda bo‘linish va bahslarga sabab bo‘lmoqda.

custom img

Hormuz bo‘g‘ozidagi tanglik global oziq-ovqat inqiroziga olib kelishi mumkin — BMT

Bo‘g‘oz orqali yuk tashish tiklanmasa, yaqin oylar ichida oziq-ovqat narxlari keskin ko‘tarilishi mumkin.

custom img

O‘zbekiston fuqarolariag Germaniyadagi harbiy muzeyga kirish ta'qiqlandi

Shuningdek, Rossiya, Ukraina, Qozogʻiston, Ozarbayjon, Xitoy, Shimoliy Koreya va boshqa bir qator davlatlarga ham cheklov joriy etilgan.

custom img

Makron AQSh va Eronni Hormuz bo‘g‘ozini ochishga chaqirdi

Fransiya prezidenti shuningdek, Donald Tramp va Mas'ud Pezeshkianni Islomobodda to'xtatilgan muzokaralarni qayta boshlashga undadi.

custom img

AQSh va Eron yaqin kunlarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralarni tiklashi mumkin — Reuters

Manbalarga ko‘ra, Tehron muzokaralarning yangi bosqichiga tayyor, AQSh pozitsiyasi esa hali noma’lum.

custom img

Saudiya Arabistoni AQShdan Hormuz blokadasini bekor qilishni talab qildi

Saudiya rasmiylari vaziyat keskinlashganida Bab al-Mandeb bo‘g‘ozi ham xavf ostida qolishi mumkinligini bildirdi.

custom img

Xitoy tankeri AQSh blokadasiga qaramay Hormuz bo‘g‘ozidan o‘tdi

Xitoy AQSHni Eron neftini olish uchun Hormuz bo‘g‘oziga o‘z tankerlarini yuborishda davom etishi haqida ogohlantirgan edi.

custom img

Eron arab davlatlaridan tovon puli talab qildi

Yaqin Sharq mamlakatlari AQSH va Isroilning Eronga qarshi urushida ishtirok etib, xalqaro huquqni buzganlikda ayblanmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"