Jahon

Avstraliyada ilk bor ayol kishi armiya qo‘mondoni bo‘ladi

55 yoshli Syuzan Koyl 39 yil oldin harbiy xizmatni boshlagan bo‘lib, qator yuqori lavozimlarda ishlab kelgan.

Avstraliyada ilk bor ayol kishi armiya qo‘mondoni bo‘ladi

Avstraliya hukumati mamlakat mudofaa tizimi rahbariyatidagi o‘zgarishlar doirasida ilk bor ayol kishini armiya qo‘mondoni lavozimiga tayinlanishini ma’lum qildi, deya xabar bermoqda Reuters.

 

Hukumat bayonotiga ko‘ra, hozirda Qo‘shma kuchlar rahbari bo‘lib ishlayotgan general-leytenant Syuzan Koyl joriy yil iyul oyidan boshlab armiya qo‘mondoni sifatida faoliyatini boshlaydi. Koyl bu lavozimda general-leytenant Saymon Styuart o‘rnini egallaydi.

 

Bosh vazir Antoni Albanezining ta’kidlashicha, mazkur tayinlov Avstraliya armiyasining 125-yillik tarixidagi ilk holat bo‘ladi. Mudofaa vaziri Richard Marles esa bu qarorni “juda muhim tarixiy lahza” sifatida baholamoqda.

 

Koylning tayinlanishi mamlakat qurolli kuchlarida ayollar ulushini oshirishga qaratilgan siyosat fonida amalga oshirilmoqda. Ayni paytda, armiya jinsiy ta’qib va kamsitish bilan bog‘liq tizimli muammolar haqidagi ayblovlar bilan ham yuzma-yuz kelmoqda.

 

Ma’lum qilinishicha, 55 yoshli Koyl 1987-yilda harbiy xizmatni boshlagan bo‘lib, qator yuqori lavozimlarda ishlagan. U qurolli kuchlarga to‘liq rahbarlik qilgan ilk ayolga aylanadi.

 

Hozirda Avstraliya Mudofaa armiyasi tarkibida ayollar taxminan 21 foizni, yuqori rahbariyat lavozimlarida esa 18,5 foizni tashkil etadi. Qurolli kuchlar 2030-yilga qadar bu ko‘rsatkichni 25 foizga yetkazishni rejalashtirgan.

 

Ma’lumot uchun, o‘tgan yilning oktyabr oyida Mudofaa armiyasiga qarshi minglab ayol zobitlarni muntazam jinsiy tajovuz, ta’qib va ​​kamsitishdan himoya qila olmagani uchun jamoaviy da’vo qo‘zg‘atilgan edi.

custom img

Sadir Japarov aholi punktlariga shaxslar nomini berishni taqiqladi

Qirgʻiziston prezidentining ta’kidlashicha, bunday masalalar jamiyatda bo‘linish va bahslarga sabab bo‘lmoqda.

custom img

Hormuz bo‘g‘ozidagi tanglik global oziq-ovqat inqiroziga olib kelishi mumkin — BMT

Bo‘g‘oz orqali yuk tashish tiklanmasa, yaqin oylar ichida oziq-ovqat narxlari keskin ko‘tarilishi mumkin.

custom img

O‘zbekiston fuqarolariag Germaniyadagi harbiy muzeyga kirish ta'qiqlandi

Shuningdek, Rossiya, Ukraina, Qozogʻiston, Ozarbayjon, Xitoy, Shimoliy Koreya va boshqa bir qator davlatlarga ham cheklov joriy etilgan.

custom img

Makron AQSh va Eronni Hormuz bo‘g‘ozini ochishga chaqirdi

Fransiya prezidenti shuningdek, Donald Tramp va Mas'ud Pezeshkianni Islomobodda to'xtatilgan muzokaralarni qayta boshlashga undadi.

custom img

AQSh va Eron yaqin kunlarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralarni tiklashi mumkin — Reuters

Manbalarga ko‘ra, Tehron muzokaralarning yangi bosqichiga tayyor, AQSh pozitsiyasi esa hali noma’lum.

custom img

Saudiya Arabistoni AQShdan Hormuz blokadasini bekor qilishni talab qildi

Saudiya rasmiylari vaziyat keskinlashganida Bab al-Mandeb bo‘g‘ozi ham xavf ostida qolishi mumkinligini bildirdi.

custom img

Xitoy tankeri AQSh blokadasiga qaramay Hormuz bo‘g‘ozidan o‘tdi

Xitoy AQSHni Eron neftini olish uchun Hormuz bo‘g‘oziga o‘z tankerlarini yuborishda davom etishi haqida ogohlantirgan edi.

custom img

Eron arab davlatlaridan tovon puli talab qildi

Yaqin Sharq mamlakatlari AQSH va Isroilning Eronga qarshi urushida ishtirok etib, xalqaro huquqni buzganlikda ayblanmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"