Jahon

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi Yaqin Sharqdagi keskinlikni zudlik bilan yumshatishga chaqirdi

TIV AQSh va Isroil tomonidan Eron hududiga havo hujumlari uyushtirilganini qayd etib, mazkur harakatni suveren va mustaqil davlatga nisbatan oldindan rejalashtirilgan qurolli tajovuz sifatida baholadi.

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi Yaqin Sharqdagi keskinlikni zudlik bilan yumshatishga chaqirdi

 

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi Eron atrofida yuzaga kelgan vaziyatni zudlik bilan siyosiy va diplomatik yo‘lga qaytarish zarurligini ma’lum qildi. Tegishli bayonot vazirlik rasmiy saytida e’lon qilindi.

 

Bayonotda qayd etilishicha, Moskva avvalgidek xalqaro huquq, o‘zaro hurmat va manfaatlar muvozanatiga asoslangan tinch yechimlarni izlashga ko‘maklashishga tayyor. Rossiya tomoni mojaroni kuch ishlatish orqali hal etishga urinishlar mintaqaviy va global xavfsizlikka jiddiy tahdid solishini ta’kidladi.

 

Rossiya TIV 28-fevral kuni AQSh va Isroil tomonidan Eron hududiga havo hujumlari uyushtirilganini qayd etib, mazkur harakatni suveren va mustaqil davlatga nisbatan oldindan rejalashtirilgan qurolli tajovuz sifatida baholadi. Vazirlik fikricha, bunday harakatlar xalqaro huquqning asosiy tamoyillari va normalariga zid hisoblanadi.

 

Moskva, shuningdek, Vashington va Tel-Avivni mintaqani gumanitar, iqtisodiy hamda ehtimol radiologik falokat yoqasiga olib kelayotgan xavfli sarguzashtda aybladi. Bayonotda hujumlar yangilangan muzokara jarayoni fonida va harbiy to‘qnashuvdan manfaatdor emaslik haqidagi signal va kafolatlarga qaramay amalga oshirilgani alohida qayd etildi.

 

Rossiya tomoni Yadro qurolini tarqatmaslik to‘g‘risidagi shartnoma tamoyillariga putur yetkazilishi mumkinligidan xavotir bildirdi. Xususan, MAGATE kafolatlari ostidagi yadroviy inshootlarga zarba berish qabul qilib bo‘lmas amaliyot ekani ta’kidlandi.

 

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi xalqaro hamjamiyatni, jumladan BMT va MAGATE rahbariyatini Yaqin Sharqdagi vaziyatga xolis va murosasiz baho berishga hamda tinchlik va barqarorlikni ta’minlashga qaratilgan choralarni ko‘rishga chaqirdi.

custom img

Sadir Japarov aholi punktlariga shaxslar nomini berishni taqiqladi

Qirgʻiziston prezidentining ta’kidlashicha, bunday masalalar jamiyatda bo‘linish va bahslarga sabab bo‘lmoqda.

custom img

Hormuz bo‘g‘ozidagi tanglik global oziq-ovqat inqiroziga olib kelishi mumkin — BMT

Bo‘g‘oz orqali yuk tashish tiklanmasa, yaqin oylar ichida oziq-ovqat narxlari keskin ko‘tarilishi mumkin.

custom img

O‘zbekiston fuqarolariag Germaniyadagi harbiy muzeyga kirish ta'qiqlandi

Shuningdek, Rossiya, Ukraina, Qozogʻiston, Ozarbayjon, Xitoy, Shimoliy Koreya va boshqa bir qator davlatlarga ham cheklov joriy etilgan.

custom img

Makron AQSh va Eronni Hormuz bo‘g‘ozini ochishga chaqirdi

Fransiya prezidenti shuningdek, Donald Tramp va Mas'ud Pezeshkianni Islomobodda to'xtatilgan muzokaralarni qayta boshlashga undadi.

custom img

AQSh va Eron yaqin kunlarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralarni tiklashi mumkin — Reuters

Manbalarga ko‘ra, Tehron muzokaralarning yangi bosqichiga tayyor, AQSh pozitsiyasi esa hali noma’lum.

custom img

Saudiya Arabistoni AQShdan Hormuz blokadasini bekor qilishni talab qildi

Saudiya rasmiylari vaziyat keskinlashganida Bab al-Mandeb bo‘g‘ozi ham xavf ostida qolishi mumkinligini bildirdi.

custom img

Xitoy tankeri AQSh blokadasiga qaramay Hormuz bo‘g‘ozidan o‘tdi

Xitoy AQSHni Eron neftini olish uchun Hormuz bo‘g‘oziga o‘z tankerlarini yuborishda davom etishi haqida ogohlantirgan edi.

custom img

Eron arab davlatlaridan tovon puli talab qildi

Yaqin Sharq mamlakatlari AQSH va Isroilning Eronga qarshi urushida ishtirok etib, xalqaro huquqni buzganlikda ayblanmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"