Jahon

Oyatulloh Ali Xomanaiy xavfsiz hududga olib ketildi — Reuters

Ma’lumotlarga ko‘ra, Eron Oliy Rahbari xavfsizlik sabab Tehrondan evakuatsiya qilingan.

Oyatulloh Ali Xomanaiy xavfsiz hududga olib ketildi — Reuters

 

Reuters agentligining xabar berishicha, Eron oliy rahnamosi Oyatulloh Ali Xomanaiy xavfsizlik sababli Tehrondan evakuatsiya qilinib, oldindan tayyorlangan xavfsiz hududga ko‘chirilgan.

 

Agentlikka Eron rasmiylaridan birining ma’lum qilinishicha, Oliy Rahbar AQSh va Isroil tomonidan amalga oshirilgan zarbalardan so‘ng poytaxtni tark etgan.

 

Isroil va AQSH zarbalari natijasida Eron mudofaa vaziri Aziz Nosirzoda, mamlakat sud tizimi rahbari Gʻulom Husayn Mohseniy-Ejeiy va Eron armiyasi bosh qo‘mondoni Amir Hotamiy yo‘q qilindi, deya xabar qilinmoqda.

 

28-fevral kuni ertalab Isroil Tashqi ishlar vazirligi Eron hududiga nisbatan “tahdidni bartaraf etish maqsadida” oldindan ogohlantiruvchi zarba berilganini xabar berilgan edi. Eron ommaviy axborot vositalari esa Tehron, Isfahon va boshqa qator shaharlarda portlashlar sodir bo‘lganini xabar qildi.

 

Shuningdek, Eron OAV AQSh va Isroil tomonidan Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi (KSVR) razvedka boshqarmasi hamda Tehron markaziga zarbalar berilgani haqida ma’lumot tarqatdi. Voqealar ortidan mamlakat o‘z havo hududini yopgan.

 

Isroil xavfsizlik xizmati vakilining Reuters’ga bildirishicha, mazkur operatsiya bir necha oy oldin rejalashtirilgan bo‘lib, uni amalga oshirish vaqti bir necha hafta avval belgilangan.

custom img

Sadir Japarov aholi punktlariga shaxslar nomini berishni taqiqladi

Qirgʻiziston prezidentining ta’kidlashicha, bunday masalalar jamiyatda bo‘linish va bahslarga sabab bo‘lmoqda.

custom img

Hormuz bo‘g‘ozidagi tanglik global oziq-ovqat inqiroziga olib kelishi mumkin — BMT

Bo‘g‘oz orqali yuk tashish tiklanmasa, yaqin oylar ichida oziq-ovqat narxlari keskin ko‘tarilishi mumkin.

custom img

O‘zbekiston fuqarolariag Germaniyadagi harbiy muzeyga kirish ta'qiqlandi

Shuningdek, Rossiya, Ukraina, Qozogʻiston, Ozarbayjon, Xitoy, Shimoliy Koreya va boshqa bir qator davlatlarga ham cheklov joriy etilgan.

custom img

Makron AQSh va Eronni Hormuz bo‘g‘ozini ochishga chaqirdi

Fransiya prezidenti shuningdek, Donald Tramp va Mas'ud Pezeshkianni Islomobodda to'xtatilgan muzokaralarni qayta boshlashga undadi.

custom img

AQSh va Eron yaqin kunlarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralarni tiklashi mumkin — Reuters

Manbalarga ko‘ra, Tehron muzokaralarning yangi bosqichiga tayyor, AQSh pozitsiyasi esa hali noma’lum.

custom img

Saudiya Arabistoni AQShdan Hormuz blokadasini bekor qilishni talab qildi

Saudiya rasmiylari vaziyat keskinlashganida Bab al-Mandeb bo‘g‘ozi ham xavf ostida qolishi mumkinligini bildirdi.

custom img

Xitoy tankeri AQSh blokadasiga qaramay Hormuz bo‘g‘ozidan o‘tdi

Xitoy AQSHni Eron neftini olish uchun Hormuz bo‘g‘oziga o‘z tankerlarini yuborishda davom etishi haqida ogohlantirgan edi.

custom img

Eron arab davlatlaridan tovon puli talab qildi

Yaqin Sharq mamlakatlari AQSH va Isroilning Eronga qarshi urushida ishtirok etib, xalqaro huquqni buzganlikda ayblanmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"