Jahon

Pokiston Afg‘onistonga ochiq urush e'lon qildi

Har ikki tomondan ham ko‘plab qurbonlar bor. Tahlilchilar voqeani ikki qo‘shni davlat o‘rtasidagi so‘nggi o‘n yillikdagi eng yirik keskinlashuv deb baholamoqda.

Pokiston Afg‘onistonga ochiq urush e'lon qildi

 

27-fevralga o‘tar kechasi Pokiston Qurolli kuchlari Afg‘oniston hududidagi Kobul va Qandahor shaharlariga aviazarbalar berdi. Bu haqda hukumat rasmiysiga tayanib, BBC ma’lum qildi.

 

Pokiston bosh vaziri Shahboz Sharif mamlakat har qanday tajovuzkor harakatlarga munosib javob qaytarishga qodir ekanini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, davlat suvereniteti va hududiy yaxlitligini himoya qilish masalasida murosa bo‘lmaydi hamda har qanday tahdid qat’iy choralar bilan qarshi olinadi.

 

Bosh vazir matbuot kotibi Mosharraf Zaydiy bayonotiga ko‘ra, zarbalar oqibatida 27 ta “Tolibon” harbiy posti vayron qilingan, to‘qqiztasi egallab olingan. Shuningdek, 80 dan ortiq tank, artilleriya vositalari va qurolli transport texnikasi yo‘q qilingani bildirilgan.

 

Zaydiy ma’lumotiga ko‘ra, operatsiyalar davomida 133 nafar “Tolibon” a’zosi halok bo‘lgan, 200 dan ortiq kishi jarohat olgan. Shu bilan birga, Afg‘oniston tomoni ham so‘nggi harbiy harakatlar davomida qarshi tomonga sezilarli yo‘qotishlar yetkazilganini da’vo qilmoqda.

 

Pokistonning hujumi 26-fevral kuni Afgʻonistonning oltita chegara viloyatida, shuningdek, Kobul rasman tan olmaydigan Durand chizigʻi yaqinida Pokiston va Afgʻoniston harbiy xizmatchilari oʻrtasida qurolli toʻqnashuvlariga javob bo'ldi.

 

Pokiston mudofaa vaziri Xavaja Asif esa mavjud vaziyatni “ochiq urush” deya baholab, rasmiy Islomobod avval diplomatik kanallar orqali masalani hal etishga uringanini, biroq natija bermagach, harbiy choralar ko‘rishga majbur bo‘lganini ma’lum qildi.

custom img

Sadir Japarov aholi punktlariga shaxslar nomini berishni taqiqladi

Qirgʻiziston prezidentining ta’kidlashicha, bunday masalalar jamiyatda bo‘linish va bahslarga sabab bo‘lmoqda.

custom img

Hormuz bo‘g‘ozidagi tanglik global oziq-ovqat inqiroziga olib kelishi mumkin — BMT

Bo‘g‘oz orqali yuk tashish tiklanmasa, yaqin oylar ichida oziq-ovqat narxlari keskin ko‘tarilishi mumkin.

custom img

O‘zbekiston fuqarolariag Germaniyadagi harbiy muzeyga kirish ta'qiqlandi

Shuningdek, Rossiya, Ukraina, Qozogʻiston, Ozarbayjon, Xitoy, Shimoliy Koreya va boshqa bir qator davlatlarga ham cheklov joriy etilgan.

custom img

Makron AQSh va Eronni Hormuz bo‘g‘ozini ochishga chaqirdi

Fransiya prezidenti shuningdek, Donald Tramp va Mas'ud Pezeshkianni Islomobodda to'xtatilgan muzokaralarni qayta boshlashga undadi.

custom img

AQSh va Eron yaqin kunlarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralarni tiklashi mumkin — Reuters

Manbalarga ko‘ra, Tehron muzokaralarning yangi bosqichiga tayyor, AQSh pozitsiyasi esa hali noma’lum.

custom img

Saudiya Arabistoni AQShdan Hormuz blokadasini bekor qilishni talab qildi

Saudiya rasmiylari vaziyat keskinlashganida Bab al-Mandeb bo‘g‘ozi ham xavf ostida qolishi mumkinligini bildirdi.

custom img

Xitoy tankeri AQSh blokadasiga qaramay Hormuz bo‘g‘ozidan o‘tdi

Xitoy AQSHni Eron neftini olish uchun Hormuz bo‘g‘oziga o‘z tankerlarini yuborishda davom etishi haqida ogohlantirgan edi.

custom img

Eron arab davlatlaridan tovon puli talab qildi

Yaqin Sharq mamlakatlari AQSH va Isroilning Eronga qarshi urushida ishtirok etib, xalqaro huquqni buzganlikda ayblanmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"