Jahon

Urush meni “do‘stlari yo‘q inson”ga aylantirdi — Zelenskiy

Ukraina prezidenti urush sharoitida faqat muhim va strategik masalalarga eʼtibor qaratishga majbur bo‘lganini taʼkidladi.

Urush meni “do‘stlari yo‘q inson”ga aylantirdi — Zelenskiy

 

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy urush uning shaxsiy hayoti va dunyoqarashiga sezilarli taʼsir ko‘rsatganini maʼlum qildi.

 

Maʼlumotlarga ko‘ra, jurnalistning “urush sizni qanday inson qilib qo‘ydi?” degan savoliga davlat rahbari dastlab bu savolga aniq javob berish qiyinligini bildirgan. Keyinchalik esa u o‘zini “do‘stlari yo‘q inson”ga aylangandek his qilayotganini qayd etgan.

 

Prezidentning taʼkidlashicha, urush sharoitida u faqat muhim va strategik masalalarga eʼtibor qaratishga majbur bo‘lgan. “Do‘stlarim bilan muloqot qilishga vaqtim yo‘q, ammo sheriklarim, muhim hamkorlarim bilan doimiy aloqadaman. Endi do‘stlar yoki shaxsiy munosabatlar uchun vaqt qolmayapti”, — degan u.

 

Ukraina rahbari, shuningdek, Rossiya tomonidan boshlangan urush natijasida o‘zini yana-da bardoshliroq his qilayotganini taʼkidlagan. Uning so‘zlariga ko‘ra, u hozir ko‘proq jiddiy masalalarga eʼtibor qaratmoqda.

 

Mazkur bayonot 24-fevral kuni Ukraina, Shimoliy va Boltiqbo‘yi davlatlari sammitidan so‘ng o‘tkazilgan matbuot anjumanida aytilgan. Tadbir davomida ishtirok etgan Yevropa yetakchilari ham Zelenskiyning yetakchilik fazilatlari kuchayganini qayd etishgan.

 

Jumladan, Aleksandr Stubb Ukraina yetakchisi og‘ir sinov sharoitida haqiqiy yetakchilik namunasini ko‘rsatganini taʼkidlagan.

custom img

Sadir Japarov aholi punktlariga shaxslar nomini berishni taqiqladi

Qirgʻiziston prezidentining ta’kidlashicha, bunday masalalar jamiyatda bo‘linish va bahslarga sabab bo‘lmoqda.

custom img

Hormuz bo‘g‘ozidagi tanglik global oziq-ovqat inqiroziga olib kelishi mumkin — BMT

Bo‘g‘oz orqali yuk tashish tiklanmasa, yaqin oylar ichida oziq-ovqat narxlari keskin ko‘tarilishi mumkin.

custom img

O‘zbekiston fuqarolariag Germaniyadagi harbiy muzeyga kirish ta'qiqlandi

Shuningdek, Rossiya, Ukraina, Qozogʻiston, Ozarbayjon, Xitoy, Shimoliy Koreya va boshqa bir qator davlatlarga ham cheklov joriy etilgan.

custom img

Makron AQSh va Eronni Hormuz bo‘g‘ozini ochishga chaqirdi

Fransiya prezidenti shuningdek, Donald Tramp va Mas'ud Pezeshkianni Islomobodda to'xtatilgan muzokaralarni qayta boshlashga undadi.

custom img

AQSh va Eron yaqin kunlarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralarni tiklashi mumkin — Reuters

Manbalarga ko‘ra, Tehron muzokaralarning yangi bosqichiga tayyor, AQSh pozitsiyasi esa hali noma’lum.

custom img

Saudiya Arabistoni AQShdan Hormuz blokadasini bekor qilishni talab qildi

Saudiya rasmiylari vaziyat keskinlashganida Bab al-Mandeb bo‘g‘ozi ham xavf ostida qolishi mumkinligini bildirdi.

custom img

Xitoy tankeri AQSh blokadasiga qaramay Hormuz bo‘g‘ozidan o‘tdi

Xitoy AQSHni Eron neftini olish uchun Hormuz bo‘g‘oziga o‘z tankerlarini yuborishda davom etishi haqida ogohlantirgan edi.

custom img

Eron arab davlatlaridan tovon puli talab qildi

Yaqin Sharq mamlakatlari AQSH va Isroilning Eronga qarshi urushida ishtirok etib, xalqaro huquqni buzganlikda ayblanmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"