2025-yilda dunyo bo‘ylab rekord darajada jurnalistlar o‘ldirildi — CPJ
104 nafar jurnalist harbiy mojaro hududida o‘ldirilgan, 86 nafari Isroil mudofaa kuchlariga to‘g‘ri keladi.

Jurnalistlarni himoya qilish qo‘mitasi (CPJ) maʼlumotlariga ko‘ra, 2025-yilda butun dunyo bo‘ylab 129 nafar ommaviy axborot vositalari xodimi o‘ldirilgan. Bu ko‘rsatkich CPJ 1992-yildan beri yurita boshlagan statistikada eng yuqori ko‘rsatkich hisoblanadi va ketma-ket ikkinchi yil oshganini bildiradi.
Hujjatga ko‘ra, o‘ldirilgan 129 jurnalistning 104 nafari harbiy mojarolar davomida halok bo‘lgan. Ularning 86 nafari uchun Isroil mudofaa kuchlari javobgar hisoblanadi. 2024-yilda Falastin-Isroil mojarosi avj olgan paytda 85 nafar falastinlik jurnalist halok bo‘lgan edi.
CPJ jurnalistlarning dron hujumlari natijasida tobora ko‘proq halok bo‘layotganini qayd etdi — 2025-yilda kamida 39 nafar jurnalist shunday hodisalarda vafot etgan. 2023-yilda qo‘mita bunday ikki hodisani qayd etgan edi.
2024-yilda jami 124 nafar jurnalist halok bo‘lgan, 2025-yilda esa bu ko‘rsatkich yana-da oshib, global jurnalist xavfsizligi bo‘yicha jiddiy xavotir uyg‘otmoqda.







