Jahon

Rossiya MDH mamlakatlaridan kelgan migrantlar uchun qo‘shimcha to‘lovlarni joriy etishni rejalashtirmoqda

Migrantlar voyaga yetmagan farzandlariga ham ish ruxsatnomasi uchun to‘lov to‘lashga majbur bo‘ladi.

Rossiya MDH mamlakatlaridan kelgan migrantlar uchun qo‘shimcha to‘lovlarni joriy etishni rejalashtirmoqda

 

Rossiya hukumati 2027-yildan boshlab MDH mamlakatlaridan vizasiz keladigan mehnat migrantlari uchun ish ruxsatnomalari va patent to‘lovlariga yangi qoidalarni joriy etishga tayyorlanmoqda. Bu haqda Kommersant xabar berdi.

 

Moliya vazirligining loyihasiga ko‘ra:

  • Migrantlar o‘zlari bilan birga voyaga yetmagan farzandlari va boshqa qaramog‘idagilari uchun ham ish ruxsatnomasini to‘lashlari kerak bo‘ladi – jami summaning 50 foiz miqdorida.
  • Bolalar 18 yoshga to‘lganidan keyin yashash uchun boshqa qonuniy asosga ega bo‘lmasa, ish ruxsatnomasini olishlari yoki Rossiya hududini tark etishlari shart.

 

Hozirgi patent tizimida shaxsiy daromad solig‘i bo‘yicha bazaviy to‘lov oyiga 1200 rubldan boshlanadi, mintaqaviy koeffitsiyent va deflyator hisobga olinsa, Chechenistonda 3400 rubldan Krasnodar o‘lkasida 27 300 rublgacha, Moskvada esa taxminan 10 000 rublni tashkil etadi.

 

O‘zgartirishlar patent to‘lovi majburiyligini kengaytiradi va daromadlarni nazorat qilishni kuchaytiradi. Soliq xizmati migrantlarning rasmiy daromadi mintaqaviy yashash minimumidan kam emasligini tekshiradi. Shu maqsadda Ichki ishlar vazirligi va Federal Soliq xizmati o‘rtasida yangi maʼlumot almashinuvi mexanizmi joriy etiladi: har chorakda migrantlarning daromadlari avtomatik tarzda taqdim etiladi va patentni yangilash, yashash ruxsatnomasi talablariga rioya qilinishi nazorat qilinadi.

 

Ushbu chora-tadbirlar xorijiy ishchilarni to‘liqroq hisobga olish va ularning daromadlarini soya iqtisodiyotidan chiqarish maqsadida amalga oshirilmoqda.

custom img

Sadir Japarov aholi punktlariga shaxslar nomini berishni taqiqladi

Qirgʻiziston prezidentining ta’kidlashicha, bunday masalalar jamiyatda bo‘linish va bahslarga sabab bo‘lmoqda.

custom img

Hormuz bo‘g‘ozidagi tanglik global oziq-ovqat inqiroziga olib kelishi mumkin — BMT

Bo‘g‘oz orqali yuk tashish tiklanmasa, yaqin oylar ichida oziq-ovqat narxlari keskin ko‘tarilishi mumkin.

custom img

O‘zbekiston fuqarolariag Germaniyadagi harbiy muzeyga kirish ta'qiqlandi

Shuningdek, Rossiya, Ukraina, Qozogʻiston, Ozarbayjon, Xitoy, Shimoliy Koreya va boshqa bir qator davlatlarga ham cheklov joriy etilgan.

custom img

Makron AQSh va Eronni Hormuz bo‘g‘ozini ochishga chaqirdi

Fransiya prezidenti shuningdek, Donald Tramp va Mas'ud Pezeshkianni Islomobodda to'xtatilgan muzokaralarni qayta boshlashga undadi.

custom img

AQSh va Eron yaqin kunlarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralarni tiklashi mumkin — Reuters

Manbalarga ko‘ra, Tehron muzokaralarning yangi bosqichiga tayyor, AQSh pozitsiyasi esa hali noma’lum.

custom img

Saudiya Arabistoni AQShdan Hormuz blokadasini bekor qilishni talab qildi

Saudiya rasmiylari vaziyat keskinlashganida Bab al-Mandeb bo‘g‘ozi ham xavf ostida qolishi mumkinligini bildirdi.

custom img

Xitoy tankeri AQSh blokadasiga qaramay Hormuz bo‘g‘ozidan o‘tdi

Xitoy AQSHni Eron neftini olish uchun Hormuz bo‘g‘oziga o‘z tankerlarini yuborishda davom etishi haqida ogohlantirgan edi.

custom img

Eron arab davlatlaridan tovon puli talab qildi

Yaqin Sharq mamlakatlari AQSH va Isroilning Eronga qarshi urushida ishtirok etib, xalqaro huquqni buzganlikda ayblanmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"