Jahon

2025-yilda Qirgʻizistonda yuqumli kasalliklar 36,3 foizga oshdi

Sifilis, ichak infeksiyalari va gripp holatlari eng ko‘p qayd etilgan.

2025-yilda Qirgʻizistonda yuqumli kasalliklar 36,3 foizga oshdi

 

2025-yilda Qirgʻizistonda sifilis, brutsellyoz va gripp bilan kasallanish darajasi oshgani qayd etildi. Bu haqda Sogʻliqni saqlash vazirining oʻrinbosari va bosh davlat sanitariya shifokori Ryspek Sidigaliev ma’lum qildi deydi 24.kg nashri.

 

Uning so‘zlariga ko‘ra, 2025-yil oxiriga kelib, respublikada jami 491 516 ta yuqumli kasallik holati qayd etilgan, bu 2024-yilgi 360 536 holatga nisbatan 36,3 foiz ko‘pdir. Yuqumli kasalliklarning 81,9 foizini o'tkir respirator virusli infeksiyalar (ARVI) va gripp tashkil etadi.

 

Kasallanish darajasida pasayish kuzatilgan kasalliklar:

  • salmonellyoz 1,6 baravar kamaygan,
  • o'tkir enteral virusli gepatit 2,5 baravar kamaygan,
  • o'tkir gemokontakt virusli gepatit 29,6 foiz kamaygan,
  • sil kasalligi 2,9 foiz kamaygan,
  • meningit 18,2 foiz kamaygan,
  • qizamiq 1,6 baravar kamaygan,
  • tepki kasalligi 33 foiz kamaygan.

 

Shuningdek, o'tkir ichak infeksiyalari bilan kasallanish 15,2 foizga, brutsellyoz 1,3 foizga, ARVI va gripp bilan kasallanish esa 1,5 baravarga oshgan. OIV bilan kasallanganlarning umumiy soni 8,2 foizga, sifilis esa 2,1 foizga oshgani qayd etilgan.

 

Sidigaliev qo‘shimcha qilganidek, 2025-yilda kuydirgi kasalligining 6 holati, bezgakning 5 holati, gepatit E ning 3 holati va qoqsholning 1 holati qayd etilgan.

custom img

Sadir Japarov aholi punktlariga shaxslar nomini berishni taqiqladi

Qirgʻiziston prezidentining ta’kidlashicha, bunday masalalar jamiyatda bo‘linish va bahslarga sabab bo‘lmoqda.

custom img

Hormuz bo‘g‘ozidagi tanglik global oziq-ovqat inqiroziga olib kelishi mumkin — BMT

Bo‘g‘oz orqali yuk tashish tiklanmasa, yaqin oylar ichida oziq-ovqat narxlari keskin ko‘tarilishi mumkin.

custom img

O‘zbekiston fuqarolariag Germaniyadagi harbiy muzeyga kirish ta'qiqlandi

Shuningdek, Rossiya, Ukraina, Qozogʻiston, Ozarbayjon, Xitoy, Shimoliy Koreya va boshqa bir qator davlatlarga ham cheklov joriy etilgan.

custom img

Makron AQSh va Eronni Hormuz bo‘g‘ozini ochishga chaqirdi

Fransiya prezidenti shuningdek, Donald Tramp va Mas'ud Pezeshkianni Islomobodda to'xtatilgan muzokaralarni qayta boshlashga undadi.

custom img

AQSh va Eron yaqin kunlarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralarni tiklashi mumkin — Reuters

Manbalarga ko‘ra, Tehron muzokaralarning yangi bosqichiga tayyor, AQSh pozitsiyasi esa hali noma’lum.

custom img

Saudiya Arabistoni AQShdan Hormuz blokadasini bekor qilishni talab qildi

Saudiya rasmiylari vaziyat keskinlashganida Bab al-Mandeb bo‘g‘ozi ham xavf ostida qolishi mumkinligini bildirdi.

custom img

Xitoy tankeri AQSh blokadasiga qaramay Hormuz bo‘g‘ozidan o‘tdi

Xitoy AQSHni Eron neftini olish uchun Hormuz bo‘g‘oziga o‘z tankerlarini yuborishda davom etishi haqida ogohlantirgan edi.

custom img

Eron arab davlatlaridan tovon puli talab qildi

Yaqin Sharq mamlakatlari AQSH va Isroilning Eronga qarshi urushida ishtirok etib, xalqaro huquqni buzganlikda ayblanmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"