Jahon

To‘qayev Tramp nomi bilan maxsus mukofot ta’sis etishni taklif qildi

Taklif qilingan mukofot AQSH prezidentining tinchlikni ta’minlashdagi yutuqlarini e’tirof etishga qaratilgan.

To‘qayev Tramp nomi bilan maxsus mukofot ta’sis etishni taklif qildi

 

 

Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev 19-fevral kuni Vashingtonda bo‘lib o‘tgan Tinchlik Kengashining birinchi yig‘ilishida nutq so‘zladi. Davlat rahbari Yaqin Sharqda barqaror rivojlanish mintaqada tinchlikni ta’minlash, hamkorlikni kengaytirish va ishonchni mustahkamlashga qaratilgan yangi mexanizmlarni talab qilishini ta’kidladi. Bu haqda Tengrinews xabar berdi.

 

To‘qayev Qozog‘istonning amaliy yordam ko‘rsatishga, jumladan, mamlakatda turli daraja va formatlarda uchrashuvlar o‘tkazishga tayyorligini tasdiqladi.

 

Davlat rahbari nutqida Tinchlik Kengashi doirasida yangi mukofot ta’sis etishni taklif qildi:

 

“Shuningdek, men Prezident Trampning tinchlikni ta’minlashdagi ulkan yutuqlarini e’tirof etish maqsadida Tinchlik Kengashi homiyligida uning nomi bilan atalgan maxsus mukofotni ta’sis etishni taklif qilmoqchiman. Ishonchim komilki, sizning kuchli va uzoqni ko‘ra oladigan rahbarligingiz ostida Kengash o‘zining ezgu vazifasini muvaffaqiyatli bajaradi”, — deya xulosa qildi Qozog‘iston prezidenti.

custom img

Sadir Japarov aholi punktlariga shaxslar nomini berishni taqiqladi

Qirgʻiziston prezidentining ta’kidlashicha, bunday masalalar jamiyatda bo‘linish va bahslarga sabab bo‘lmoqda.

custom img

Hormuz bo‘g‘ozidagi tanglik global oziq-ovqat inqiroziga olib kelishi mumkin — BMT

Bo‘g‘oz orqali yuk tashish tiklanmasa, yaqin oylar ichida oziq-ovqat narxlari keskin ko‘tarilishi mumkin.

custom img

O‘zbekiston fuqarolariag Germaniyadagi harbiy muzeyga kirish ta'qiqlandi

Shuningdek, Rossiya, Ukraina, Qozogʻiston, Ozarbayjon, Xitoy, Shimoliy Koreya va boshqa bir qator davlatlarga ham cheklov joriy etilgan.

custom img

Makron AQSh va Eronni Hormuz bo‘g‘ozini ochishga chaqirdi

Fransiya prezidenti shuningdek, Donald Tramp va Mas'ud Pezeshkianni Islomobodda to'xtatilgan muzokaralarni qayta boshlashga undadi.

custom img

AQSh va Eron yaqin kunlarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralarni tiklashi mumkin — Reuters

Manbalarga ko‘ra, Tehron muzokaralarning yangi bosqichiga tayyor, AQSh pozitsiyasi esa hali noma’lum.

custom img

Saudiya Arabistoni AQShdan Hormuz blokadasini bekor qilishni talab qildi

Saudiya rasmiylari vaziyat keskinlashganida Bab al-Mandeb bo‘g‘ozi ham xavf ostida qolishi mumkinligini bildirdi.

custom img

Xitoy tankeri AQSh blokadasiga qaramay Hormuz bo‘g‘ozidan o‘tdi

Xitoy AQSHni Eron neftini olish uchun Hormuz bo‘g‘oziga o‘z tankerlarini yuborishda davom etishi haqida ogohlantirgan edi.

custom img

Eron arab davlatlaridan tovon puli talab qildi

Yaqin Sharq mamlakatlari AQSH va Isroilning Eronga qarshi urushida ishtirok etib, xalqaro huquqni buzganlikda ayblanmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"