Jahon

2025-yilda Rossiyadan 72 ming nafar migrant deportatsiya qilingan

Ichki ishlar vaziri qoidabuzar migrantlarni yanada ko‘proq aniqlash uchun qo‘shimcha mablag‘ zarurligini bildirdi.

2025-yilda Rossiyadan 72 ming nafar migrant deportatsiya qilingan

 

2025-yil yakunlariga ko‘ra, qonunbuzarliklar sodir etgani sababli 72 ming nafar xorijiy fuqaro Rossiya hududidan deportatsiya qilingan. Bu haqda mamlakat ichki ishlar vaziri Vladimir Kolokoltsev ma’lum qildi.

 

Vazirning ta’kidlashicha, ushbu ko‘rsatkich huquq-tartibot organlari tomonidan migratsiya sohasida olib borilgan nazorat va profilaktik chora-tadbirlar natijasidir. Mazkur ma’lumotlar Davlat Dumasining Xavfsizlik va korrupsiyaga qarshi kurash qo‘mitasi yig‘ilishida taqdim etilgan.

 

Kolokoltsev Ichki ishlar vazirligi mavjud resurslar doirasida noqonuniy faoliyat yuritayotgan va deportatsiya qilinishi lozim bo‘lgan shaxslarni aniqlash ishlarini davom ettirayotganini bildirgan. Shu bilan birga, u bunday qoidabuzarlarni yanada kengroq aniqlash va tegishli choralarni kuchaytirish uchun qo‘shimcha moliyaviy mablag‘lar zarurligini qayd etgan.

 

Rasmiylarga ko‘ra, migratsiya qonunchiligini buzgan shaxslarni aniqlash, ularni ro‘yxatga olish va deportatsiya qilish jarayonlari davlat xavfsizligini ta’minlash hamda qonun ustuvorligini mustahkamlashga qaratilgan.

custom img

Sadir Japarov aholi punktlariga shaxslar nomini berishni taqiqladi

Qirgʻiziston prezidentining ta’kidlashicha, bunday masalalar jamiyatda bo‘linish va bahslarga sabab bo‘lmoqda.

custom img

Hormuz bo‘g‘ozidagi tanglik global oziq-ovqat inqiroziga olib kelishi mumkin — BMT

Bo‘g‘oz orqali yuk tashish tiklanmasa, yaqin oylar ichida oziq-ovqat narxlari keskin ko‘tarilishi mumkin.

custom img

O‘zbekiston fuqarolariag Germaniyadagi harbiy muzeyga kirish ta'qiqlandi

Shuningdek, Rossiya, Ukraina, Qozogʻiston, Ozarbayjon, Xitoy, Shimoliy Koreya va boshqa bir qator davlatlarga ham cheklov joriy etilgan.

custom img

Makron AQSh va Eronni Hormuz bo‘g‘ozini ochishga chaqirdi

Fransiya prezidenti shuningdek, Donald Tramp va Mas'ud Pezeshkianni Islomobodda to'xtatilgan muzokaralarni qayta boshlashga undadi.

custom img

AQSh va Eron yaqin kunlarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralarni tiklashi mumkin — Reuters

Manbalarga ko‘ra, Tehron muzokaralarning yangi bosqichiga tayyor, AQSh pozitsiyasi esa hali noma’lum.

custom img

Saudiya Arabistoni AQShdan Hormuz blokadasini bekor qilishni talab qildi

Saudiya rasmiylari vaziyat keskinlashganida Bab al-Mandeb bo‘g‘ozi ham xavf ostida qolishi mumkinligini bildirdi.

custom img

Xitoy tankeri AQSh blokadasiga qaramay Hormuz bo‘g‘ozidan o‘tdi

Xitoy AQSHni Eron neftini olish uchun Hormuz bo‘g‘oziga o‘z tankerlarini yuborishda davom etishi haqida ogohlantirgan edi.

custom img

Eron arab davlatlaridan tovon puli talab qildi

Yaqin Sharq mamlakatlari AQSH va Isroilning Eronga qarshi urushida ishtirok etib, xalqaro huquqni buzganlikda ayblanmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"