Jahon

Sankt-Peterburgda migrantlarning savdo sohasida ishlashi taqiqlanishi mumkin

Bunga yanvar oyi oxirida “City Mall” savdo markazida yuz bergan qotillik sabab sifatida ko‘rsatilmoqda, gumondorlardan biri O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan.

Sankt-Peterburgda migrantlarning savdo sohasida ishlashi taqiqlanishi mumkin

 

 

Sankt-Peterburgda migrantlarga chakana va ulgurji savdo do‘konlarida ishlashni taqiqlash tashabbusi muhokama qilinmoqda. Ushbu masala yanvar oyi oxirida savdo markazida sodir bo‘lgan fojiadan so‘ng kun tartibiga chiqqan.

 

Maʼlum qilinishicha, voqea City Mall savdo markazidagi Perekrestok supermarketida yuz bergan. Ikki nafar qo‘riqchi o‘g‘irlikda gumon qilingan 24 yoshli mijoz bilan tortishuv jarayonida jismoniy to‘qnashuv yuzaga kelgan, oqibatda jabrlanuvchi shifoxonaga yetkazilgan bo‘lsada, uning hayotini saqlab qolishning imkoni bo‘lmagan.

 

Rossiya Tergov qo‘mitasi mazkur holatni guruh bo‘lib sodir etilgan qotillik sifatida baholagan. Xabar qilinishicha, qo‘riqchilardan biri O‘zbekiston fuqarosi bo‘lib, tergovdan qochib, qidiruvga berilgan.

 

Tashabbusni Sankt-Peterburg va Leningrad viloyati Ichki ishlar vazirligi Bosh boshqarmasi rahbari Roman Plugin shahar parlamentiga taqdim etgan yillik hisobotida ilgari surgan. Uning taʼkidlashicha, ayrim savdo tarmoqlari migrantlarni rasmiy ravishda boshqa lavozimlarda ishga rasmiylashtirib, amaldagi cheklovlarni chetlab o‘tmoqda.

 

Hodisa ortidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan savdo tarmoqlarida immigratsiya qonunchiligiga rioya etilishi yuzasidan tekshiruvlar o‘tkazilgan. So‘nggi reydlar davomida 64 nafar noqonuniy migrant aniqlangani maʼlum qilingan.

 

Shuningdek, amaldagi qonunchilikka ko‘ra, chet el fuqarolarining xususiy qo‘riqlash kompaniyalarida ishlashi taqiqlangan. Yangi qonun 2026-yil 1-sentabrdan kuchga kirishi rejalashtirilgan.

 

Plugin maʼlumotiga ko‘ra, 2025-yilda do‘konlarda litsenziya asosida ishlagan besh mingga yaqin xodim orasida noqonuniy ishlayotgan migrantlar ham bo‘lgan. Shu munosabat bilan chakana va ulgurji savdo sohasida mehnat migrantlarini to‘liq taqiqlash tashabbusi ishlab chiqilmoqda.

 

Qayd etilishicha, Sankt-Peterburgda vizasiz davlatlardan — jumladan O‘zbekiston, Ozarbayjon, Tojikiston, Moldova va Ukrainadan kelgan migrantlarning taksi hamda yetkazib berish xizmatlarida ishlashiga nisbatan cheklovlar allaqachon joriy etilgan.

custom img

Sadir Japarov aholi punktlariga shaxslar nomini berishni taqiqladi

Qirgʻiziston prezidentining ta’kidlashicha, bunday masalalar jamiyatda bo‘linish va bahslarga sabab bo‘lmoqda.

custom img

Hormuz bo‘g‘ozidagi tanglik global oziq-ovqat inqiroziga olib kelishi mumkin — BMT

Bo‘g‘oz orqali yuk tashish tiklanmasa, yaqin oylar ichida oziq-ovqat narxlari keskin ko‘tarilishi mumkin.

custom img

O‘zbekiston fuqarolariag Germaniyadagi harbiy muzeyga kirish ta'qiqlandi

Shuningdek, Rossiya, Ukraina, Qozogʻiston, Ozarbayjon, Xitoy, Shimoliy Koreya va boshqa bir qator davlatlarga ham cheklov joriy etilgan.

custom img

Makron AQSh va Eronni Hormuz bo‘g‘ozini ochishga chaqirdi

Fransiya prezidenti shuningdek, Donald Tramp va Mas'ud Pezeshkianni Islomobodda to'xtatilgan muzokaralarni qayta boshlashga undadi.

custom img

AQSh va Eron yaqin kunlarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralarni tiklashi mumkin — Reuters

Manbalarga ko‘ra, Tehron muzokaralarning yangi bosqichiga tayyor, AQSh pozitsiyasi esa hali noma’lum.

custom img

Saudiya Arabistoni AQShdan Hormuz blokadasini bekor qilishni talab qildi

Saudiya rasmiylari vaziyat keskinlashganida Bab al-Mandeb bo‘g‘ozi ham xavf ostida qolishi mumkinligini bildirdi.

custom img

Xitoy tankeri AQSh blokadasiga qaramay Hormuz bo‘g‘ozidan o‘tdi

Xitoy AQSHni Eron neftini olish uchun Hormuz bo‘g‘oziga o‘z tankerlarini yuborishda davom etishi haqida ogohlantirgan edi.

custom img

Eron arab davlatlaridan tovon puli talab qildi

Yaqin Sharq mamlakatlari AQSH va Isroilning Eronga qarshi urushida ishtirok etib, xalqaro huquqni buzganlikda ayblanmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"