Jahon

Qirg‘iziston rasmiylariga xorijiy hisob raqami ochish taqiqlandi

Sadir Japarov imzolagan qonunga ko‘ra, mansabdorlar o‘z daromadlari, xarajatlari va xorijiy aktivlarini deklaratsiya qilishi majburiy etildi.

Qirg‘iziston rasmiylariga xorijiy hisob raqami ochish taqiqlandi

Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov tomonidan imzolangan yangi Korrupsiyaga qarshi kurash to‘g‘risidagi qonun davlat amaldorlariga bir qator cheklovlar joriy etadi. Bu haqda 24.kg nashri xabar berdi.

 

Unga ko‘ra, rasmiy shaxslarga xorijiy banklarda hisob ochish, qarindoshlarining biznesiga yordam berish, filial kompaniyalar bilan bitimlarda ishtirok etish, shaxsiy manfaatlar uchun rasmiy resurslardan foydalanish, sovg‘alar va mukofotlar olish taqiqlangan. Rasmiy esdalik sovg‘alari bundan mustasno.

 

Davlat idoralariga korrupsiya haqida maʼlumot olish uchun xavfsiz kanallar yaratishi va bunday huquqbuzarliklar haqida xabar bergan shaxslarni himoya qilishi majburiy etib belgilangan.

 

Hujjatda korrupsiyaga qarshi siyosat tizimli tarzda tartibga solinib, jinoyatlarni oldini olishdan tortib, ularni aniqlash, javobgarlikka tortish va oqibatlarini bartaraf etish mexanizmlari mustahkamlangan. Moliyaviy nazorat talablariga ko‘ra, mansabdor shaxslar o‘z daromadlari, xarajatlari va mol-mulkini, jumladan xorijiy aktivlarni deklaratsiya qilishi shart, soliq organlari esa ularning muvofiqligini tahlil qiladi.

 

Shuningdek, korrupsiya xavflarini tahlil qilish, normativ-huquqiy hujjatlarni baholash, jinoyatlarni yagona reyestrda qayd etish va jinoiy yo‘l bilan qo‘lga kiritilgan aktivlarni qaytarish bo‘yicha xalqaro hamkorlik mexanizmlari joriy etilgan. Qonun kuchga kirishi bilan Qirg‘iziston hukumatiga olti oy ichida o‘z qoidalarini yangi qonunga muvofiqlashtirish vazifasi yuklatilgan.

custom img

Sadir Japarov aholi punktlariga shaxslar nomini berishni taqiqladi

Qirgʻiziston prezidentining ta’kidlashicha, bunday masalalar jamiyatda bo‘linish va bahslarga sabab bo‘lmoqda.

custom img

Hormuz bo‘g‘ozidagi tanglik global oziq-ovqat inqiroziga olib kelishi mumkin — BMT

Bo‘g‘oz orqali yuk tashish tiklanmasa, yaqin oylar ichida oziq-ovqat narxlari keskin ko‘tarilishi mumkin.

custom img

O‘zbekiston fuqarolariag Germaniyadagi harbiy muzeyga kirish ta'qiqlandi

Shuningdek, Rossiya, Ukraina, Qozogʻiston, Ozarbayjon, Xitoy, Shimoliy Koreya va boshqa bir qator davlatlarga ham cheklov joriy etilgan.

custom img

Makron AQSh va Eronni Hormuz bo‘g‘ozini ochishga chaqirdi

Fransiya prezidenti shuningdek, Donald Tramp va Mas'ud Pezeshkianni Islomobodda to'xtatilgan muzokaralarni qayta boshlashga undadi.

custom img

AQSh va Eron yaqin kunlarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralarni tiklashi mumkin — Reuters

Manbalarga ko‘ra, Tehron muzokaralarning yangi bosqichiga tayyor, AQSh pozitsiyasi esa hali noma’lum.

custom img

Saudiya Arabistoni AQShdan Hormuz blokadasini bekor qilishni talab qildi

Saudiya rasmiylari vaziyat keskinlashganida Bab al-Mandeb bo‘g‘ozi ham xavf ostida qolishi mumkinligini bildirdi.

custom img

Xitoy tankeri AQSh blokadasiga qaramay Hormuz bo‘g‘ozidan o‘tdi

Xitoy AQSHni Eron neftini olish uchun Hormuz bo‘g‘oziga o‘z tankerlarini yuborishda davom etishi haqida ogohlantirgan edi.

custom img

Eron arab davlatlaridan tovon puli talab qildi

Yaqin Sharq mamlakatlari AQSH va Isroilning Eronga qarshi urushida ishtirok etib, xalqaro huquqni buzganlikda ayblanmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"