Jahon

Janubiy Koreya sobiq prezidenti umrbodga qamaldi

U 2024-yilda harbiy holat joriy etilishi bilan bog‘liq ish bo‘yicha aybdor deb topildi.

Janubiy Koreya sobiq prezidenti umrbodga qamaldi

 

 

Janubiy Koreya sudi mamlakatning sobiq prezidenti Yun Sok Yolni 2024-yil oxirida harbiy holat joriy etilishi bilan bog‘liq holatlar yuzasidan davlat to‘ntarishini uyushtirishda aybdor deb topdi va unga nisbatan umrbod qamoq jazosi tayinladi. Bu haqda Yonhap axborot agentligi xabar berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, 2024-yil 3-dekabr kuni kechqurun Yun Sok Yol xalqqa murojaat qilib, Koreya Respublikasini Shimoliy Koreya tahdididan himoya qilish zarurligini ta’kidlagan holda mamlakatda favqulodda harbiy holat e’lon qilgan.

 

Biroq prezidentning nutqidan qariyb 150 daqiqa o‘tib, parlamentning favqulodda sessiyasida deputatlar harbiy holatni bekor qilish bo‘yicha ovoz berib, ushbu qarorni rad etgan.

 

6-dekabr kuni parlament tomonidan prezidentga nisbatan impichment e’lon qilish bo‘yicha birinchi urinish boshlangan, ammo u muvaffaqiyatsiz yakunlangan. Oradan bir hafta o‘tib, 14-dekabr kuni o‘tkazilgan ikkinchi ovoz berish natijasida impichment tasdiqlanib, Yun Sok Yol lavozimidan chetlashtirilgan va sudga tortilgan.

custom img

Sadir Japarov aholi punktlariga shaxslar nomini berishni taqiqladi

Qirgʻiziston prezidentining ta’kidlashicha, bunday masalalar jamiyatda bo‘linish va bahslarga sabab bo‘lmoqda.

custom img

Hormuz bo‘g‘ozidagi tanglik global oziq-ovqat inqiroziga olib kelishi mumkin — BMT

Bo‘g‘oz orqali yuk tashish tiklanmasa, yaqin oylar ichida oziq-ovqat narxlari keskin ko‘tarilishi mumkin.

custom img

O‘zbekiston fuqarolariag Germaniyadagi harbiy muzeyga kirish ta'qiqlandi

Shuningdek, Rossiya, Ukraina, Qozogʻiston, Ozarbayjon, Xitoy, Shimoliy Koreya va boshqa bir qator davlatlarga ham cheklov joriy etilgan.

custom img

Makron AQSh va Eronni Hormuz bo‘g‘ozini ochishga chaqirdi

Fransiya prezidenti shuningdek, Donald Tramp va Mas'ud Pezeshkianni Islomobodda to'xtatilgan muzokaralarni qayta boshlashga undadi.

custom img

AQSh va Eron yaqin kunlarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralarni tiklashi mumkin — Reuters

Manbalarga ko‘ra, Tehron muzokaralarning yangi bosqichiga tayyor, AQSh pozitsiyasi esa hali noma’lum.

custom img

Saudiya Arabistoni AQShdan Hormuz blokadasini bekor qilishni talab qildi

Saudiya rasmiylari vaziyat keskinlashganida Bab al-Mandeb bo‘g‘ozi ham xavf ostida qolishi mumkinligini bildirdi.

custom img

Xitoy tankeri AQSh blokadasiga qaramay Hormuz bo‘g‘ozidan o‘tdi

Xitoy AQSHni Eron neftini olish uchun Hormuz bo‘g‘oziga o‘z tankerlarini yuborishda davom etishi haqida ogohlantirgan edi.

custom img

Eron arab davlatlaridan tovon puli talab qildi

Yaqin Sharq mamlakatlari AQSH va Isroilning Eronga qarshi urushida ishtirok etib, xalqaro huquqni buzganlikda ayblanmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"