Jahon

Erdog'an Turkiya aholisining kamayib borayotganidan xavotir bildirdi

Mamlakatda tabiiy tug‘ilish evaziga aholi ko‘payishi quyi nuqtaga yetgan.

Erdog'an Turkiya aholisining kamayib borayotganidan xavotir bildirdi

 

 

Turkiya Prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on mamlakat aholisining kamayishidan xavotir bildirdi.

 

TRT Haber telekanalining xabar berishicha, u Efiopiyadan qaytayotgan samolyotda jurnalistlarga bu haqda gapirgan. Prezident Turkiya bu yil oilaviy masalalarga alohida eʼtibor qaratayotganini va ularni asosiy ustuvor vazifa qilib qo‘yayotganini taʼkidladi.

 

Turkiya rahbari mamlakat aholisi kamayib borayotganini va qayd etilgan raqamlar vaziyatni xavotirli holatga» tushirayotganini bildirdi.

 

Taʼkidlash kerakki, mamlakatda tabiiy tug‘ilish evaziga aholi ko‘payishi quyi nuqtaga yetgan. Turkiya statistika instituti (TÜİK)ning maʼlumotlariga ko‘ra, Turkiya aholisi 2025-yilda o‘tgan yilga nisbatan 427 224 kishiga ko‘payib, 86 092 168 kishiga yetdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"