Jahon

Zelenskiy Lukashenkoga qarshi sanksiyalar joriy qildi

Cheklovlar Belarus rahbarining Ukrainaga kirishini taqiqlash, aktivlarini muzlatish, savdo va tranzit operatsiyalarini cheklash, shuningdek, moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirishni taqiqlashni o‘z ichiga oladi.

Zelenskiy Lukashenkoga qarshi sanksiyalar joriy qildi

Vladimir Zelenskiy Belarus rahbari Aleksandr Lukashenkoga nisbatan sanksiyalar joriy etilganini ma’lum qildi. Mazkur qaror Ukraina milliy xavfsizligi hamda suverenitetini himoya qilishga qaratilgani ta’kidlandi. Bu haqda o'zining Telegram kanalida ma'lum qilgan.

 

“Aleksandr Lukashenko anchadan beri Belarus suverenitetini shaxsiy hokimiyat evaziga sotmoqda va ruslarga sanksiyalarni chetlab o‘tishda yordam bermoqda”, deb yozgan Zelenskiy.

 

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, sanksiyalar paketi Belarus rahbari va u bilan bog‘liq subyektlarga nisbatan bir qator cheklov choralarini o‘z ichiga oladi. Jumladan, Ukrainaga kirishni taqiqlash, aktivlarni muzlatish, savdo va tranzit operatsiyalarini cheklash, shuningdek, moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirishni taqiqlash nazarda tutilgan. Ayrim sanksiyalar muddatsiz amal qilishi mumkin.

 

Ukraina rasmiylari ushbu choralarni Belarusning Rossiya bilan harbiy-siyosiy hamkorligi, shuningdek, Rossiyaga xalqaro sanksiyalarni chetlab o‘tishda yordam berayotgani haqidagi ayblovlar bilan izohladi.

 

2025-yil sentabr oyida Belarus prezidenti Minsk Ukraina mojarosini hal qilishda Rossiyani qo‘llab-quvvatlashini va bundan keyin ham qo‘llab-quvvatlashini aytgan. Lukashenko "kim haq, kim nohaq ekanligini vaqt ko‘rsatadi", deb taʼkidlagan.

 

Zelenskiy bayonotida Belarus hududida Rossiya harbiy infratuzilmasi joylashtirilgani, jumladan, zarba beruvchi dronlar va raketa tizimlari faoliyati kuchaygani alohida qayd etilgan. Ukraina tomoni bunday harakatlar mintaqaviy xavfsizlikka tahdid tug‘dirishini ta’kidlamoqda.

 

Shuningdek, Ukraina rahbari Belarus korxonalari tomonidan Rossiya harbiy sanoat majmuasiga texnika, maxsus uskunalar yetkazib berilayotgani haqidagi ma’lumotlarni ham keltirgan. Uning ta’kidlashicha, bu Ukrainaga qarshi harbiy harakatlar olib borilishiga bilvosita yordam sifatida baholanmoqda.

custom img

Sadir Japarov aholi punktlariga shaxslar nomini berishni taqiqladi

Qirgʻiziston prezidentining ta’kidlashicha, bunday masalalar jamiyatda bo‘linish va bahslarga sabab bo‘lmoqda.

custom img

Hormuz bo‘g‘ozidagi tanglik global oziq-ovqat inqiroziga olib kelishi mumkin — BMT

Bo‘g‘oz orqali yuk tashish tiklanmasa, yaqin oylar ichida oziq-ovqat narxlari keskin ko‘tarilishi mumkin.

custom img

O‘zbekiston fuqarolariag Germaniyadagi harbiy muzeyga kirish ta'qiqlandi

Shuningdek, Rossiya, Ukraina, Qozogʻiston, Ozarbayjon, Xitoy, Shimoliy Koreya va boshqa bir qator davlatlarga ham cheklov joriy etilgan.

custom img

Makron AQSh va Eronni Hormuz bo‘g‘ozini ochishga chaqirdi

Fransiya prezidenti shuningdek, Donald Tramp va Mas'ud Pezeshkianni Islomobodda to'xtatilgan muzokaralarni qayta boshlashga undadi.

custom img

AQSh va Eron yaqin kunlarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralarni tiklashi mumkin — Reuters

Manbalarga ko‘ra, Tehron muzokaralarning yangi bosqichiga tayyor, AQSh pozitsiyasi esa hali noma’lum.

custom img

Saudiya Arabistoni AQShdan Hormuz blokadasini bekor qilishni talab qildi

Saudiya rasmiylari vaziyat keskinlashganida Bab al-Mandeb bo‘g‘ozi ham xavf ostida qolishi mumkinligini bildirdi.

custom img

Xitoy tankeri AQSh blokadasiga qaramay Hormuz bo‘g‘ozidan o‘tdi

Xitoy AQSHni Eron neftini olish uchun Hormuz bo‘g‘oziga o‘z tankerlarini yuborishda davom etishi haqida ogohlantirgan edi.

custom img

Eron arab davlatlaridan tovon puli talab qildi

Yaqin Sharq mamlakatlari AQSH va Isroilning Eronga qarshi urushida ishtirok etib, xalqaro huquqni buzganlikda ayblanmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"