Jahon

Ukrainaliklar Donbassning topshirilishini hech qachon kechirmaydi — Zelenskiy

Ukraina prezidenti Donbass hududi bo‘yicha kelishuvlar borasidagi pozitsiyasini maʼlum qildi.

Ukrainaliklar Donbassning topshirilishini hech qachon kechirmaydi — Zelenskiy

 

 

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Axios nashriga bergan intervyusida Donbass hududi bo‘yicha kelishuvlar borasidagi pozitsiyasini maʼlum qildi. Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina xalqi Donbassdan qo‘shinlarni bir tomonlama olib chiqish va mintaqani Rossiyaga topshirishni nazarda tutuvchi har qanday tinchlik kelishuvini rad etadi.

 

“Hissiy jihatdan odamlar buni hech qachon kechirmaydi. Bu bizning mamlakatimizning bir qismi — yer, bayroq va barcha fuqarolar”, — deya taʼkidladi Zelenskiy.

 

Ukraina rahbari shuningdek, hududiy masalada yutuqga erishishning eng yaxshi yo‘li Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan shaxsiy uchrashuv ekanligini yana bir bor qayd etdi. Zelenskiy kelajakdagi har qanday kelishuv milliy referendum orqali tasdiqlanishi kerakligini eslatdi va agar bu kelishuv faqat Donbassdan Ukraina qo‘shinlarini olib chiqishni nazarda tutsa, u suverenitet va fuqarolardan voz kechish sifatida qabul qilinishini aytdi.

 

Axios‘ga bergan 37 daqiqalik telefon intervyusida Zelenskiy shuningdek, AQSHning Vashingtondagi vositachilik saʼy-harakatlari davomida o‘ziga bosim bo‘lmaganini va u “osongina taslim bo‘ladigan odam emasligini” taʼkidladi.

custom img

Sadir Japarov aholi punktlariga shaxslar nomini berishni taqiqladi

Qirgʻiziston prezidentining ta’kidlashicha, bunday masalalar jamiyatda bo‘linish va bahslarga sabab bo‘lmoqda.

custom img

Hormuz bo‘g‘ozidagi tanglik global oziq-ovqat inqiroziga olib kelishi mumkin — BMT

Bo‘g‘oz orqali yuk tashish tiklanmasa, yaqin oylar ichida oziq-ovqat narxlari keskin ko‘tarilishi mumkin.

custom img

O‘zbekiston fuqarolariag Germaniyadagi harbiy muzeyga kirish ta'qiqlandi

Shuningdek, Rossiya, Ukraina, Qozogʻiston, Ozarbayjon, Xitoy, Shimoliy Koreya va boshqa bir qator davlatlarga ham cheklov joriy etilgan.

custom img

Makron AQSh va Eronni Hormuz bo‘g‘ozini ochishga chaqirdi

Fransiya prezidenti shuningdek, Donald Tramp va Mas'ud Pezeshkianni Islomobodda to'xtatilgan muzokaralarni qayta boshlashga undadi.

custom img

AQSh va Eron yaqin kunlarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralarni tiklashi mumkin — Reuters

Manbalarga ko‘ra, Tehron muzokaralarning yangi bosqichiga tayyor, AQSh pozitsiyasi esa hali noma’lum.

custom img

Saudiya Arabistoni AQShdan Hormuz blokadasini bekor qilishni talab qildi

Saudiya rasmiylari vaziyat keskinlashganida Bab al-Mandeb bo‘g‘ozi ham xavf ostida qolishi mumkinligini bildirdi.

custom img

Xitoy tankeri AQSh blokadasiga qaramay Hormuz bo‘g‘ozidan o‘tdi

Xitoy AQSHni Eron neftini olish uchun Hormuz bo‘g‘oziga o‘z tankerlarini yuborishda davom etishi haqida ogohlantirgan edi.

custom img

Eron arab davlatlaridan tovon puli talab qildi

Yaqin Sharq mamlakatlari AQSH va Isroilning Eronga qarshi urushida ishtirok etib, xalqaro huquqni buzganlikda ayblanmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"