Jahon

Ozarbayjonda 26-dekabr motam kuni deb e’lon qilindi

Mamlakat Prezidenti bu bo'yicha tegishli qarorni imzolagan.

Ozarbayjonda 26-dekabr motam kuni deb e’lon qilindi

 

26-dekabr Ozarbayjonda motam kuni deb e’lon qilindi. Tegishli qarorni Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev imzolagan. Bu haqida “Caliber” xabar berdi.

 

Bugun Boku-Grozniy yo‘nalishida parvoz qilgan "Embraer 190" yo‘lovchi samolyotining halokatga uchrashi oqibatida ko‘plab odamlar qurbon bo‘lgani sababli Ozarbayjonda motam e’lon qilindi.

 

Avvalroq Ozarbayjon aviakompaniyasining Boku-Grozniy reysi bo‘yicha uchayotgan samolyoti Qozog‘istonda halokatga uchragani xabar qilingan edi. Ma’lumotlarga ko‘ra, qulagan samolyot bortida 67 yo‘lovchi va 5 ekipaj a’zosi bo‘lgan. Qozog‘iston FVVga ko‘ra, 32 nafar yo‘lovchi omon qolgan va ular shifoxonaga yetkazilgan. Samolyot yo‘lovchilaridan 37 kishi Ozarbayjon, 16 kishi Rossiya, 6 kishi Qozog‘iston va 3 kishi Qirg‘iziston fuqarosi bo‘lgan. Omon qolganlar orasida 14 nafar Ozarbayjon fuqarosi, 10 nafar Rossiya fuqarosi, 2 nafar Qirg‘iziston fuqarosi bor. Uch nafar jarohatlangan shaxsning fuqaroligi hozircha aniqlanmagan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"