Jahon

Indoneziyada 27 kishi ko'chkilar oqibatida halok bo‘ldi

Tabiiy ofat turar-joy binolari, masjidlar va sholi dalalariga jiddiy zarar yetkazgan.

Indoneziyada 27 kishi ko'chkilar oqibatida halok bo‘ldi

 

“Indoneziyaning Shimoliy Sumatra provinsiyasida ko‘chkilar tufayli kamida 27 kishi halok bo‘ldi”, – deb xabar bergan TASS nashri.

 

Qutqaruvchilar bedarak yo‘qolgan odamlarni topishga va ko‘chkidan zarar ko‘rgan yo‘llarni tozalashga harakat qilishmoqda. Xabarlarga ko‘ra, ko‘chkilar kuchli yomg‘ir yog‘ishi ortidan kelib chiqqan. Tabiiy ofat turar-joy binolari, masjidlar va sholi dalalariga zarar yetkazgan.

 

Avvalroq, iqlimshunoslar Indoneziya 2024-yil oxirigacha ekstremal ob-havo sharoitlariga duch kelishi haqida ogohlantirgan edi, chunki “La-Ninyo” iqlim hodisasi tufayli arxipelagda yog‘ingarchilik ko‘payadi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"