Jahon

Isroil Eronga bir qancha raketa zarbalari berdi

Suriyaning Damashq osmonida ham portlashlar sodir bo‘lgani aytilmoqda.

Isroil Eronga bir qancha raketa zarbalari berdi

 

Isroil mudofaa kuchlari tunda Eronga bir qancha raketa zarbalari berdi. Bu zarbalar “Eronning bir necha oydan beri davom etayotgan hujumlariga javoban” amalga oshirilgani ma’lum qilindi.

 

Shuningdek, Suriyaning Damashq osmonida ham portlashlar sodir bo‘ldi. Jerusalem Post gazetasining yozishicha, Eronga hujumda 100 dan ortiq Isroil samolyoti ishtirok etgan. Eron aksariyat hujumlarni muvaffaqiyatli qaytarganini e’lon qildi. Ayrim xabarlarga ko‘ra, Isroil tomonidan qurbonlar va Isroil samolyotlariga zarar yetganligi haqida ma’lumotlar yo‘q. Eron Isroilning hujumlari sababli barcha samalyot reyslarini bekor qildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"