Jahon

Rossiya 2025-yilda harbiy xarajatlarni 2,8 trillion rublga oshirmoqchi

Kelgusi yilda mudofaa va ichki xavfsizlik uchun jami xarajatlar budjet umumiy xarajatlarining qariyb 40 foizini tashkil qilishi aytildi.

Rossiya 2025-yilda harbiy xarajatlarni 2,8 trillion rublga oshirmoqchi

 

"Bloomberg" nashri bu haqda Rossiyaning uch yillik budjet loyihasiga tayanib yozmoqda. Hujjatda qayd etilishicha, 2025-yilda mudofaa xarajatlari 13,2 trillion rublni (taxminan 145 milliard AQSH dollari) tashkil etadi, 2024 yildagi bu ko‘rsatkich 10,4 trillion rubl bo‘lishi rejalashtirilgan.

 

Kelgusi yilda mudofaa va ichki xavfsizlik uchun jami xarajatlar budjet umumiy xarajatlarining qariyb 40 foizini tashkil qiladi - bu ta’lim, sog‘liqni saqlash, ijtimoiy siyosat va milliy iqtisodiyot uchun ajratiladigan mablag‘larning umumiy summasidan ko‘ra ko‘proq hisoblanadi.

 

2025 yilda “maxfiy” budjet xarajatlari 12,9 trillion rublni tashkil etishi rejalashtirilgan - bu 2024-yilga nisbatan 1,8 martaga ko‘p.

 

Hisob-kitoblarga ko‘ra, Rossiyaning harbiy xarajatlari 2026-yilda YAIMning 5,6 foizigacha, 2027-yilda esa 5,1 foizgacha kamayishi mumkin.

custom img

Sadir Japarov aholi punktlariga shaxslar nomini berishni taqiqladi

Qirgʻiziston prezidentining ta’kidlashicha, bunday masalalar jamiyatda bo‘linish va bahslarga sabab bo‘lmoqda.

custom img

Hormuz bo‘g‘ozidagi tanglik global oziq-ovqat inqiroziga olib kelishi mumkin — BMT

Bo‘g‘oz orqali yuk tashish tiklanmasa, yaqin oylar ichida oziq-ovqat narxlari keskin ko‘tarilishi mumkin.

custom img

O‘zbekiston fuqarolariag Germaniyadagi harbiy muzeyga kirish ta'qiqlandi

Shuningdek, Rossiya, Ukraina, Qozogʻiston, Ozarbayjon, Xitoy, Shimoliy Koreya va boshqa bir qator davlatlarga ham cheklov joriy etilgan.

custom img

Makron AQSh va Eronni Hormuz bo‘g‘ozini ochishga chaqirdi

Fransiya prezidenti shuningdek, Donald Tramp va Mas'ud Pezeshkianni Islomobodda to'xtatilgan muzokaralarni qayta boshlashga undadi.

custom img

AQSh va Eron yaqin kunlarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralarni tiklashi mumkin — Reuters

Manbalarga ko‘ra, Tehron muzokaralarning yangi bosqichiga tayyor, AQSh pozitsiyasi esa hali noma’lum.

custom img

Saudiya Arabistoni AQShdan Hormuz blokadasini bekor qilishni talab qildi

Saudiya rasmiylari vaziyat keskinlashganida Bab al-Mandeb bo‘g‘ozi ham xavf ostida qolishi mumkinligini bildirdi.

custom img

Xitoy tankeri AQSh blokadasiga qaramay Hormuz bo‘g‘ozidan o‘tdi

Xitoy AQSHni Eron neftini olish uchun Hormuz bo‘g‘oziga o‘z tankerlarini yuborishda davom etishi haqida ogohlantirgan edi.

custom img

Eron arab davlatlaridan tovon puli talab qildi

Yaqin Sharq mamlakatlari AQSH va Isroilning Eronga qarshi urushida ishtirok etib, xalqaro huquqni buzganlikda ayblanmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"