Jahon

DW: Vengriya o‘z harbiylarini Chadga yuboradi

Viktor Orban buni migratsiyaga qarshi kurash siyosati bilan izohladi.

DW: Vengriya o‘z harbiylarini Chadga yuboradi

 

"Afrikadan Yevropaga migratsiyani Sahel mintaqasi davlatlari ishtirokisiz to‘xtatib bo‘lmaydi. shuning uchun ham Vengriya Chad bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ymoqda", — deya izoh berdi Vengriya bosh vaziri.

 

Uning so‘zlariga ko‘ra, Vengriya bu mamlakatga o‘z askarlarini yuborish rejasini amalga oshirishda davom etadi.

 

"Rossiyaning Chadda ta’siri kuchaymoqda, Gʻarb davlatlari qo‘shinlari esa mamlakatdan chiqib ketmoqda. O‘z qo‘shinlarini Chadda joylashtirish orqali Orban ham Putin kabi mintaqadagi iqtisodiy manfaatlarni ko‘zlamoqda", — deya tushuntirdi ganalik siyosiy tahlilchi Fidel Amake Ovusu DW nashriga bergan intervyusida.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"