Jahon

Yamandagi yoqilg‘i quyish shoxobchasida portlash sodir bo'ldi

Portlash oqibatida 3 kishi halok bo‘lgan.

Yamandagi yoqilg‘i quyish shoxobchasida portlash sodir bo'ldi

 

Yamanning Aden shahrida yoqilg‘i quyish shoxobchasida yuz bergan portlashda uch kishi halok bo‘ldi. Yana 15 kishi jarohat olgan. Bu haqda mahalliy OAV ma'lum qilgan.

 

Stansiyada maishiy gaz solingan idish portlab ketgan, shundan so‘ng yong‘in boshlangan. Barcha jabrlanganlar shifoxonalarga yetkazilgan, ulardan ba’zilarining ahvoli og‘ir. Hozirda yong‘in o‘chirilgan, politsiya portlash holatlarini o‘rganishga kirishgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"