Jahon

Telegram ofisi yopildimi?

Durov Dubayda 200 metrli ofisni ijaraga olgani ma'lum qilingandi.

Telegram ofisi yopildimi?

 

Pavel Durov 2017-yildan buyon istiqomat qilayotgan Dubaydagi Telegram ofisi yopiq va messenjerlar jamoasi tomonidan foydalanilmayapti. Bu haqida xorijiy ommaviy axborot vositalari xabar bermoqda.

 

Bundan biroz oldin Durov kompaniyaning mamlakatda yuridik manziliga ega bo‘lishini talab qiluvchi BAA qonunchiligiga rioya qilish maqsadida Microsoft ofisi yaqinidagi Business Central Towersda 200 metrli ofisni ijaraga olgani haqida xabar berilgandi.

 

Ma'lum bo'lishicha, Durov ham, uning jamoasi ham ijarada ishlamagan. Mahalliy brokerlarga ko‘ra, ofis Telegram’ga yiliga 13 million rublga tushgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"