Jahon

Venesuelada prezidentlik saylovidan keyingi namoyishlarda 2 mingga yaqin odam hibsga olindi

Bu haqida mamlakatning amaldagi prezidenti Nikolas Maduro maʼlum qildi.

Venesuelada prezidentlik saylovidan keyingi namoyishlarda 2 mingga yaqin odam hibsga olindi

 

“Bizda 2000 mahbus bor va biz ularni qattiq tartibli Tokoron va Tokyuito qamoqxonalariga joʻnatamiz”, — deya taʼkidladi Maduro Karakasda oʻz tarafdorlari ishtirokidagi mitingda.

 

Uning fikricha, namoyishchilar Venesuelaning qonuniy hukumatiga qarshi jinoiy hujumlar va tartibsizliklarda qatnashgan, muxolif kuchlardan prezidentlikka nomzod Edmundo Gonsales esa “qochib ketgan” va “oʻzini prezident” deb eʼlon qilishdan qoʻrqqan.

 

Venesuelada Markaziy saylov komissiyasi prezidentlik saylovida Maduroning 51,2% ovoz bilan gʻalaba qozonganini eʼlon qilishi natijasida norozilik namoyishlari davom etmoqda. Muxolifatning maʼlum qilishicha, mustaqil ekzit-poll natijalariga koʻra, saylovchilarning 31 foizi Nikolas Maduroga, qariyb 65 foizi esa muxolifat nomzodi Edmundo Gonsalesga ovoz bergan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"