Jahon

Chiptachi bilan janjallashgan o‘zbekistonlikka nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi

Qiz yo‘lkirani to‘lamaslik uchun inspektorga nisbatan kuch ishlatgan.

Chiptachi bilan janjallashgan o‘zbekistonlikka nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi

 

Moskvada O‘zbekiston fuqarosi chiptasiz avtobusga mingani uchun chiptachi bilan janjallashdi. Unga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi.

 

Qayd etilishicha, holat joriy yilning 6-iyun kuni sodir bo‘lgan. O‘zbekistonlik qiz yo‘l haqi to‘laganini aniqlash uchun chiptachi tomonidan tekshirilgan. Shunda qiz yo‘lkirani to‘lamaslik uchun inspektorga nisbatan kuch ishlatgan.

 

Olib borilgan surishtiruv ishlariga ko‘ra, qiz O‘zbekiston fuqarosi ekanligini aniqlagan. So‘roq paytida u o‘z aybiga to‘liq iqror bo‘lgan va qilgan ishidan afsusda ekanini bildirgan. Shuningdek, o‘zbekistonlik Rossiyada noqonuniy ravishda istiqomat qilayotgani ma’lum bo‘lgan.

 

Unga nisbatan Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 318-moddasi 1-qismida (Hokimiyat vakiliga nisbatan zo‘ravonlik qo‘llash) nazarda tutilgan jinoyat asosida jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.

custom img

Sadir Japarov aholi punktlariga shaxslar nomini berishni taqiqladi

Qirgʻiziston prezidentining ta’kidlashicha, bunday masalalar jamiyatda bo‘linish va bahslarga sabab bo‘lmoqda.

custom img

Hormuz bo‘g‘ozidagi tanglik global oziq-ovqat inqiroziga olib kelishi mumkin — BMT

Bo‘g‘oz orqali yuk tashish tiklanmasa, yaqin oylar ichida oziq-ovqat narxlari keskin ko‘tarilishi mumkin.

custom img

O‘zbekiston fuqarolariag Germaniyadagi harbiy muzeyga kirish ta'qiqlandi

Shuningdek, Rossiya, Ukraina, Qozogʻiston, Ozarbayjon, Xitoy, Shimoliy Koreya va boshqa bir qator davlatlarga ham cheklov joriy etilgan.

custom img

Makron AQSh va Eronni Hormuz bo‘g‘ozini ochishga chaqirdi

Fransiya prezidenti shuningdek, Donald Tramp va Mas'ud Pezeshkianni Islomobodda to'xtatilgan muzokaralarni qayta boshlashga undadi.

custom img

AQSh va Eron yaqin kunlarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralarni tiklashi mumkin — Reuters

Manbalarga ko‘ra, Tehron muzokaralarning yangi bosqichiga tayyor, AQSh pozitsiyasi esa hali noma’lum.

custom img

Saudiya Arabistoni AQShdan Hormuz blokadasini bekor qilishni talab qildi

Saudiya rasmiylari vaziyat keskinlashganida Bab al-Mandeb bo‘g‘ozi ham xavf ostida qolishi mumkinligini bildirdi.

custom img

Xitoy tankeri AQSh blokadasiga qaramay Hormuz bo‘g‘ozidan o‘tdi

Xitoy AQSHni Eron neftini olish uchun Hormuz bo‘g‘oziga o‘z tankerlarini yuborishda davom etishi haqida ogohlantirgan edi.

custom img

Eron arab davlatlaridan tovon puli talab qildi

Yaqin Sharq mamlakatlari AQSH va Isroilning Eronga qarshi urushida ishtirok etib, xalqaro huquqni buzganlikda ayblanmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"