Jahon

Efiopiyada ko‘chki qurbonlari soni yanada ortishi mumkin

Mamlakatda ko‘chkilar tufayli kamida 15 ming kishi evakuatsiya qilinishi aytilmoqda.

Efiopiyada ko‘chki qurbonlari soni yanada ortishi mumkin

 

Efiopiya janubida sodir bo‘lgan ikki ko‘chki qurbonlari soni 257 kishiga yetdi va bu yana ikki baravar ko‘payishi mumkin. Bu haqda BMTning gumanitar masalalarni muvofiqlashtirish boshqarmasi hisobotida ma'lum qilindi.

 

“24-iyul holatiga ko‘ra halok bo‘lganlar soni 257 nafarga yetdi. Raqamlar yanada oshishi va qurbonlar 500 nafarga yetishi mumkin”, — deyiladi hisobotda.

 

Bundan tashqari, ko‘chkilar tufayli kamida 15 ming kishi evakuatsiya qilinishi aytilmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"