Jahon

Hindistonda eng yirik parlament saylovlari yakunlandi

Unda 968 millionga yaqin saylovchi ishtirok etgan.

Hindistonda eng yirik parlament saylovlari yakunlandi

 

Hindistonda umumiy parlament saylovlari yakunlandi. Yakuniy bosqichda, dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 58,3 foizga yaqin saylovchilar ishtirok etdi. Saylov komissiyasi bu raqamlar o'zgarishi mumkinligini aytmoqda.

 

Saylov uchastkalari mahalliy vaqt bilan 18:00 da yopildi. Parlament quyi palatasidagi 543 o‘rin uchun kurash kechdi. Asosiy muxoliflar hukmron Hindiston xalq partiyasi va muxolifatdagi Hindiston milliy inklyuziv taraqqiyot alyansi edi.

 

Bu saylovlar allaqachon dunyodagi eng yirik saylovlar deb atalgan. Sababi unda roʻyxatga olingan 968 millionga yaqin saylovchi ishtirok etdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"