Jahon

Nigeriyada jangarilar 160 nafar mahalliy aholini o‘g‘irlab ketdi

Jangarilarning hujumi oqibatida 10 kishi halok bo‘ldi.

Nigeriyada jangarilar 160 nafar mahalliy aholini o‘g‘irlab ketdi

 

"Boko Haram" islomiy guruhidan ekani taxmin qilingan qurolli jangarilar juma kuni kechqurun Kuchi qishlog‘iga bostirib kelgan.

 

O‘g‘irlanganlar orasida asosan ayollar va bolalar, halok bo‘lganlar orasida hudud xavfsizligini ta’minlagan mahalliy aholi ham bor. Ma’lumotlarga ko‘ra, jangarilar qishloqqa motosikllarda kirib, unda ikki soatdan ko‘proq vaqt o‘tkazgan. Shundan so‘ng ular uylarni talon-taroj qilib, mahalliy aholi vakillarini o‘g‘irlab ketgan.

 

Xalqaro Amnistiya tashkiloti ommaviy o‘g‘irlashdan chuqur xavotirda ekanini bildirgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"