Jahon

Saudiya qiroli kasalxonaga yotqizildi

U pnevmoniyaga chalingani aytilmoqda.

Saudiya qiroli kasalxonaga yotqizildi

 

Saudiya Arabistoni qiroli Salmon bin Abdulaziz al-Saud pnevmoniyaga chalinib, kasalxonaga yotqizildi.

 

Unga Jidda shahridagi shifoxonada shunday tashxis qo‘yilgan. Qirol yuqori isitma va bo‘g‘imlardagi og‘riqlar tufayli tekshiruv uchun 19-may kuni kasalxonaga yotqizilgan.

 

“Ikki muqaddas dargoh qo‘riqchisi Jidda shahridagi “As-Salom” qirollik klinikasida tibbiy ko‘rikdan o‘tdi, unda pnevmoniya borligi aniqlandi va shifokorlar yallig‘lanishni to‘xtatish uchun qirol antibiotik terapiyasini olishi kerakligiga qaror qildi”, — deyiladi xabarda.

 

Bundan avval Salmon bin Abdulaziz al-Saud 24-aprel kuni kasalxonaga yotqizilgandi. O‘shanda u rejali tekshiruvdan so‘ng kasalxonadan chiqarilgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"