Jahon

YTH oqibatida o‘zbekistonlik oila halok bo‘ldi

Bu Gʻarbiy Qozog‘iston viloyatidagi Oqjayq tumani Uralsk-Atirau trassasida sodir bo‘lgan.

YTH oqibatida o‘zbekistonlik oila halok bo‘ldi

 

41 yoshli O‘zbekiston fuqarosi boshqaruvidagi Mazda CX-7 yuk mashinasi bilan to‘qnashib ketgan va uch kishi vafot etgan.

 

YTH taxminan 20 yanvar kuni, soat 17:00 larda Gʻarbiy Qozog‘iston viloyatidagi Oqjayq tumani Uralsk-Atirau trassasida sodir bo‘lgan. Ma’lum qilinishicha, 41 yoshli O‘zbekiston fuqarosi boshqaruvidagi Mazda SX-7 rusumli avtomobil qarama-qarshi yo‘lga chiqib ketib, yuk mashinasi bilan to‘qnashib ketgan.

 

Yo‘l-transport hodisasi oqibatida Mazda SX-7 haydovchisi va ikki nafar yo‘lovchi, 1984-yilda tug‘ilgan ayol va 2012-yilda tug‘ilgan voyaga yetmagan ikkki kishi voqea joyida halok bo‘lgan, ularning barchasi bir oila a’zolari bo‘lgan. Mashinada bo‘lgan to‘rt kishidan faqat 14 yoshli o‘smir tirik qolgan. Ayni paytda u tuman kasalxonasiga yoqtizilgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"