Jahon

"Baydenga konfet do‘konini boshqarishni ham ishonib bo‘lmaydi"

Tramp AQSh yetakchisi haqida fikr bildirdi.

"Baydenga konfet do‘konini boshqarishni ham ishonib bo‘lmaydi"

 

AQShning sobiq prezidenti Donald Tramp Amerikaning amaldagi yetakchisi Jo Baydenga hatto konfet do‘konini boshqarishni ham ishonib bo‘lmaydi, degan fikri bilan o‘rtoqlashdi.

 

"Agar sizning shirinlik do'koningiz kabi kichik do'koningiz bo'lsa, uni boshqarishiga Jo Baydenga ishonarmidingiz? Javob: yo‘q, hech kim unga ishonmaydi”, — dedi Tramp.

 

Uning ta'kidlashicha, Bayden hozir Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Xitoy rahbari Si Tszinpin bilan muzokaralar olib bormoqda. Shu bilan birga, Tramp Bayden olib borayotgan siyosat tufayli Qo‘shma Shtatlar 1929-1939-yillardagi Buyuk Depressiya bilan taqqoslanadigan iqtisodiy inqirozga duch kelishidan xavotir bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"