Jahon

Yoqutistonda 50 darajadan past sovuq qayd etildi

Bu ko'rsatkich 1-dekabrdan boshlanganю

Yoqutistonda 50 darajadan past sovuq qayd etildi

 

Sinoptiklar Yoqutistonning uchta hududida 50 darajadan past sovuqni qayd etdi.

 

Termometr Oymyakonda -54, Verxoyanskda -53, darajaga, Ust-Moma va Churapcha aholi punktlarida -51 daraja sovuqni qayd etgan. Yoqutistonda 50 darajadan past izg‘irin 1 dekabrdan boshlangan. Ayni paytda -45 daraja sovuq respublikaning 9ta hududida qayd etilgan eng yuqori harorat bo‘lib turibdi. Qolgan joylarda havo harorati bundan ancha past.

 

"Respublika bo‘ylab kuchli sovuq va tuman kuzatilmoqda", - deya xabar beradi meteorologlar. Ularning so‘zlariga ko‘ra, mintaqada kuchsiz shamol kuzatila, biroq Arktika sohilidagi hududlarda uning tezligi sekundiga 9 metrdan 14 metrgacha yetishi mumkin.

 

Avvalroq RF Gidrometeorologiya markazi ilmiy direktori Roman Vilfand Rossiya hududlariga g‘ayritabiiy sovuqlar yaqinlashayotgani haqida ogohlantirgandi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"