Jahon

Makron ham Isroilga bordi

U Falastin prezidenti Mahmud Abbos bilan uchrashishi aytilmoqda.

Makron ham Isroilga bordi

 

Isroilning "Gaares" nashriga ko‘ra, Fransiya prezidentining Bosh vazir Benyamin Netanyaxu, prezident Ishak Gersog va isroillik garovga olinganlarning oilalari bilan uchrashishi kutilmoqda.

 

Makron uchun tuzilgan safar rejasida Gʻarbiy sohildagi Ramallahda Falastin prezidenti Mahmud Abbos bilan uchrashuv ham borligi aytilmoqda.

 

Eslatib o‘tamiz, 19-oktabr kuni Britaniya Bosh vaziri Rishi Sunak ham Isroilga kelgan va siyosatchining Isroil hukumati bilan Gʻazo sektoriga insonparvarlik yordami va anklav tinch aholisini evakuatsiya qilish masalalarini muhokama qilgani aytilgan edi.

 

Undan oldin esa Qo‘shma Shtatlar prezidenti Jo Bayden ham Isroilda bo‘lgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"