Jahon

42 yoshli amerikalik ayol o'ziga turmushga chiqdi

U uzoq vaqt o'ziga munosib erkakni topolmagan.

42 yoshli amerikalik ayol o'ziga turmushga chiqdi

 

Har doim chiroyli to'yni orzu qilgan AQShda yashovchi 42 yoshli Sara Uilkinson o'zi uchun nikoh marosimini o'tkazdi. Bu haqda "The Sun" nashri xabar berdi.

 

"Men bolaligimdan turmush qurishni orzu qilgan ayollardanman. Kichkinaligimda kelin rolini o'ynashni, pardalardan libos tikib, boshimga plastik toj kiyib yurishni yoqtirardim. Men egizak o‘g‘il yoki uch egizak qiz farzandli bo‘laman va erim bilan oppoq go‘zal uyda yashaymiz deb orzu qilardim”, - dedi Uilkinson.

 

Ayolning hayotidagi yagona uzoq muddatli munosabat 28 yoshida boshlangan va to'rt yil davom etgan. Shundan so'ng, ayol o'ziga turmush o'rtoq qidirishni to'xtatmadi, lekin o'shandan beri u munosib odamni uchratmadi. Sara endi vaqtni behuda o'tkazmoqchi emasligini tushunib, o'ziga turmushga chiqishga qaror qildi.

 

Nikoh uchun ayol brilliant uzuk sotib oldi va do'stlari uchun ziyofat uyushtirdi. Marosim 80 nafar mehmon ishtirokida bo‘lib o‘tdi, unda Uilkinson o‘zini sevishga va o‘zini asrashga qasamyod qildi. G'ayrioddiy bayramning narxi 12 ming dollarga tushgan.

custom img

Sadir Japarov aholi punktlariga shaxslar nomini berishni taqiqladi

Qirgʻiziston prezidentining ta’kidlashicha, bunday masalalar jamiyatda bo‘linish va bahslarga sabab bo‘lmoqda.

custom img

Hormuz bo‘g‘ozidagi tanglik global oziq-ovqat inqiroziga olib kelishi mumkin — BMT

Bo‘g‘oz orqali yuk tashish tiklanmasa, yaqin oylar ichida oziq-ovqat narxlari keskin ko‘tarilishi mumkin.

custom img

O‘zbekiston fuqarolariag Germaniyadagi harbiy muzeyga kirish ta'qiqlandi

Shuningdek, Rossiya, Ukraina, Qozogʻiston, Ozarbayjon, Xitoy, Shimoliy Koreya va boshqa bir qator davlatlarga ham cheklov joriy etilgan.

custom img

Makron AQSh va Eronni Hormuz bo‘g‘ozini ochishga chaqirdi

Fransiya prezidenti shuningdek, Donald Tramp va Mas'ud Pezeshkianni Islomobodda to'xtatilgan muzokaralarni qayta boshlashga undadi.

custom img

AQSh va Eron yaqin kunlarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralarni tiklashi mumkin — Reuters

Manbalarga ko‘ra, Tehron muzokaralarning yangi bosqichiga tayyor, AQSh pozitsiyasi esa hali noma’lum.

custom img

Saudiya Arabistoni AQShdan Hormuz blokadasini bekor qilishni talab qildi

Saudiya rasmiylari vaziyat keskinlashganida Bab al-Mandeb bo‘g‘ozi ham xavf ostida qolishi mumkinligini bildirdi.

custom img

Xitoy tankeri AQSh blokadasiga qaramay Hormuz bo‘g‘ozidan o‘tdi

Xitoy AQSHni Eron neftini olish uchun Hormuz bo‘g‘oziga o‘z tankerlarini yuborishda davom etishi haqida ogohlantirgan edi.

custom img

Eron arab davlatlaridan tovon puli talab qildi

Yaqin Sharq mamlakatlari AQSH va Isroilning Eronga qarshi urushida ishtirok etib, xalqaro huquqni buzganlikda ayblanmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"