Jahon

Donald Tramp yana prezident bo‘lishi mumkin

Sud unga saylovda qatnashishga ruxsat berdi.

Donald Tramp yana prezident bo‘lishi mumkin

 

AQSH Oliy sudi jinoiy javobgarlikka tortilganiga qaramay, Donald Trampga saylovda qatnashishga ruxsat berdi. 

 

“Men yetakchiman. Men yetakchi nomzodman. Men Baydendan o‘n pog‘ona oldindaman, respublikachilardan ham”, — dedi Donald Tramp.

 

Siyosatchiga nisbatan  to‘rtta jinoiy ish ochilgan. Sobiq prezidentning o‘zi aybini tan olmaydi va barcha tergovlarni AQSH hukumatining uning Oq uyga qaytishiga yo‘l qo‘ymaslikka urinishlari bilan bog‘laydi.

 

Tramp AQSH prezidenti sifatida 13 ta modda bo‘yicha jinoiy javobgarlikka tortilgan birinchi shaxs bo‘ldi. Umuman olganda, u 600 yilgacha qamoq jazosiga hukm qilinishi mumkin.

 

Tramp ishni olib borayotgan prokurorlarni korrupsiyada va saylov oldidan unga zarar yetkazishni istaganlikda aybladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"