Jahon

Argentinada qashshoqlik darajasi 40 foizga oshdi

Uysizlar soni kundan-kunga ortib bormoqda.

Argentinada qashshoqlik darajasi 40 foizga oshdi

 

Argentinada qashshoqlik darajasi 2023-yilning birinchi yarmida 40 foizga ko‘tarildi.

 

Bu koronavirus pandemiyasidan keyingi eng yuqori ko‘rsatkichdir. Uysizlar soni kundan-kunga ortib bormoqda. Chunki ijara narxi oshgan. Odamlar ijaradagi uylaridan chiqib ketishga majbur bo'lmoqda. Har kuni yuzlab odamlar tekin oziq-ovqat uchun uzun navbatga turishadi.

 

Eslatib o‘tamiz, avgust oyida Argentinada yillik inflyatsiya darajasi 124 foizga yetgandi. Bu 1991-yildan beri kuzatilgan eng yuqori ko‘rsatkichdir.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"