Jahon

Kolumbiyada futbol klubi prezidenti otib o'ldirildi

Hujum uning jamoasi mag'lub bo'lganidan keyin sodir etilgan.

Kolumbiyada futbol klubi prezidenti otib o'ldirildi

 

Futbol bo‘yicha Kolumbiya chempionati ikkinchi divizionining 13-turidan o‘rin olgan “Tigres” klubi prezidenti Edgar Paes otib o‘ldirildi.

 

Aniqlik kiritilishicha, jinoyatchilar “Tigres”ning “Atletiko de Kali”ga qarshi 2:3 hisobida yakunlangan mag‘lubiyatidan so‘ng Paes mashinasida uyiga qaytayotganda o‘t ochishgan.

 

Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, hujum “Metropolitano de Techo” stadioni yaqinida sodir etilgan. 63 yoshli funksioner bilan mashinada qizi ham bo‘lgani tasdiqlandi. Uning ahvoli haqida ma'lumot berilmagan. Voqea kuzatuv kameralariga tushib qolgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"