Jahon

Xitoy devorini ekskavatorda buzgan erkak va ayol qo'lga olindi

Ular teshik ochib, manziliga boradigan yo'lni qisqartirishgan.

Xitoy devorini ekskavatorda buzgan erkak va ayol qo'lga olindi

Xitoyda ekskavator yordamida Buyuk Xitoy devorini teshib o‘tgan erkak va ayol hibsga olindi. Ular ish yo‘lini qisqartirish maqsadida jinoyat sodir etishgan

Ma'lum bo'lishicha, buni 38 yoshli Chjen ismli fuqaro va uning 55 yoshli sevgilisi Vang amalga oshirgan. Ular Buyuk Xitoy devori yaqinidagi qurilish maydonchasida ishlagan.

Qurilish maydoni buzg'unchilarga uzoqlik qilgan.

Shuning uchun ular devor orqali o'tishga qaror qilishdi va shu bilan ish joylariga boradigan yo'lni qisqartirishdi.

Qo‘lga olinganlarga madaniy yodgorlikni yo‘q qilish aybi qo‘yilgan. Huquq-tartibot idoralari tarixiy bino tuzatib bo‘lmaydigan zarar ko‘rganini qayd etdi, deb xabar bermoqda Xitoy markaziy televideniyesi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"