Jahon

Kim Chen In sholipoyada amaldorlariga dakki berdi

KXDR yetakchisi sholi ekilgan dalalarni suv bosishiga yo‘l qo‘yganlarni topib, jazolashni buyurdi.

Kim Chen In sholipoyada amaldorlariga dakki berdi

 

Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In Onchxondagi sholi ekilgan dalalardan biriga borib, u yerdagi tiklash ishlari qanday olib borilayotganini tekshirdi. Bu hududda suv toshqinlaridan keyin ekin dalalari suv ostida qolgan.

 

Mahalliy nashrlar eʼlon qilgan suratlardan ko‘rish mumkinki, Kim Chen In oyoq kiyimini yechmasdan, tizzasigacha suv kechib sholipoyaga kirgan. Unga hamrohlik qilgan mulozimlar ham uning ortidan suv bosgan dalaga kirgan.

 

 

Maʼlum bo‘lishicha, suv toshqini oqibatida 560 gektar ekin maydoni suv ostida qolgan. Shundan 270 gektari sholi ekilgan dalalar bo‘lgan. Shimolliklar yetakchisi yuqori martabali mulozimlarni toshqin vaqtida masʼuliyatsiz harakat qilgani uchun koyigan, kuchishlatar tizim rahbarlariga murojaat qilib, aybdorlarni topishni va jazolashni buyurgan.

 

 

Kim, xususan, mamlakat bosh vaziri Tok Xun va u boshqaradigan vazirlarni tanqid qilgan.

 

"Oxirgi yillarda Kim Tok Xunning kabinetida iqtisodiy va maʼmuriy intizom izdan chiqdi", — degan u.

 

Kim Chen In bosh vazirni «tomoshabin bo‘lib o‘tirgani», bosh vazir o‘rinbosarini esa «faqat yonilg‘i yetkazib berish bilan shug‘ullanayotgani», sug‘oriladigan yerlar melioratsiyasi byurosi direktorini «qurilish uchun ajratilgan mazutning aksar qismini yashirgani» uchun tanqid qilgan.

custom img

Sadir Japarov aholi punktlariga shaxslar nomini berishni taqiqladi

Qirgʻiziston prezidentining ta’kidlashicha, bunday masalalar jamiyatda bo‘linish va bahslarga sabab bo‘lmoqda.

custom img

Hormuz bo‘g‘ozidagi tanglik global oziq-ovqat inqiroziga olib kelishi mumkin — BMT

Bo‘g‘oz orqali yuk tashish tiklanmasa, yaqin oylar ichida oziq-ovqat narxlari keskin ko‘tarilishi mumkin.

custom img

O‘zbekiston fuqarolariag Germaniyadagi harbiy muzeyga kirish ta'qiqlandi

Shuningdek, Rossiya, Ukraina, Qozogʻiston, Ozarbayjon, Xitoy, Shimoliy Koreya va boshqa bir qator davlatlarga ham cheklov joriy etilgan.

custom img

Makron AQSh va Eronni Hormuz bo‘g‘ozini ochishga chaqirdi

Fransiya prezidenti shuningdek, Donald Tramp va Mas'ud Pezeshkianni Islomobodda to'xtatilgan muzokaralarni qayta boshlashga undadi.

custom img

AQSh va Eron yaqin kunlarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralarni tiklashi mumkin — Reuters

Manbalarga ko‘ra, Tehron muzokaralarning yangi bosqichiga tayyor, AQSh pozitsiyasi esa hali noma’lum.

custom img

Saudiya Arabistoni AQShdan Hormuz blokadasini bekor qilishni talab qildi

Saudiya rasmiylari vaziyat keskinlashganida Bab al-Mandeb bo‘g‘ozi ham xavf ostida qolishi mumkinligini bildirdi.

custom img

Xitoy tankeri AQSh blokadasiga qaramay Hormuz bo‘g‘ozidan o‘tdi

Xitoy AQSHni Eron neftini olish uchun Hormuz bo‘g‘oziga o‘z tankerlarini yuborishda davom etishi haqida ogohlantirgan edi.

custom img

Eron arab davlatlaridan tovon puli talab qildi

Yaqin Sharq mamlakatlari AQSH va Isroilning Eronga qarshi urushida ishtirok etib, xalqaro huquqni buzganlikda ayblanmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"