Jahon

BRICS sammitida Putinning murojaati o‘zgartirilgan ovoz bilan berildi

Kremlning rasmiy veb-saytida murojaat original ovozda berilgan.

BRICS sammitida Putinning murojaati o‘zgartirilgan ovoz bilan berildi

 

Vladimir Putin 22-avgust kuni BRIKS biznes-forumi ishtirokchilariga videomurojaat bilan chiqdi. U Janubiy Afrikaning Yohannesburg shahrida BRIKS davlatlarining asosiy sammitidan oldin bo‘lib o‘tmoqda.

 

Kreml jurnalistlariga ko‘ra, biznes-forumda prezidentning murojaati rus tilida boshqacha ovozda dublyaj qilingan. Nima uchun bunday qilingani nomaʼlum.

 

Biroq Kremlning rasmiy veb-saytida murojaat original ovozda berilgan.

 

Avvalroq Vladimir Putin BRIKS sammitida shaxsan ishtirok etishdan bosh tortgani haqida xabar berilgandi. Sababi Xalqaro jinoyat sudi Rossiya prezidentini hibsga olishga order bergan edi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"