Jahon

Qozog‘iston: 11 kishi Sirdaryoda cho‘kib ketdi

Favqulodda vaziyatlar departamenti kuchlari 6 nafar jasadni suvdan olib chiqdi (shaxsi va yoshi aniqlanmoqda), besh kishini qidirish ishlari davom etmoqda.

Qozog‘iston: 11 kishi Sirdaryoda cho‘kib ketdi

 

Qozog‘istonning Turkiston viloyatida Sirdaryo daryosida cho‘milayotgan 11 kishi suzish uchun belgilanmagan joyda cho‘milayotib cho‘kib ketdi. Bu haqda “Kazinform” Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmatiga asoslanib xabar berdi.

 

Favqulodda vaziyatlar departamenti kuchlari 6 nafar jasadni suvdan olib chiqdi (shaxsi va yoshi aniqlanmoqda), besh kishini qidirish ishlari davom etmoqda.

 

Voqea joyiga 144 kishi, 16 ta texnika, 6 ta suzish inshooti va dronlar jalb etilgan: Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi, ichki ishlar organlari, mahalliy ijroiya organlari xodimlari ishlamoqda.

 

Favqulodda vaziyatlar vazirligi fuqarolarni suv havfsizligi choralariga qatʼiy rioya qilishga chaqirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"